ayirboshlamoq
Sinonimlar: ayirbosh qilmoq
Izoh: 1. Boshma-boshiga yoki boshqa biror shart bilan biror narsani alishmoq, almashmoq, almashtirmoq.
2. Yangilamoq, oʻzgartirmoq.
Namuna: –Bo‘lmasa chachvon bilan ayirbosh qilamiz. ['Gʻafur Gʻulom «Shum bola» 1965']
Antonimlar:
Sinonimlar: almashmoq
Izoh: 1. ayn.Alishmoq.
2. Bir-birining oʻrnini olmoq, egallamoq; almashinmoq, yangilanmoq.
Namuna: Ba’zan yuragi siqilganida bor molimni bitta dardkash do‘stga almashardim, deb o‘ylardi... ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Sinonimlar: almashtirmoq
Izoh: 1. Almashmoq feʼlining orttirma nisbati.
2. Ayirbosh qilmoq, alishmoq.
Namuna: Kesakpolvon o‘ynash almashtirgani kabi bular xizmatchi almashtirishdan charchashmaydi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Sinonimlar: alishmoq
Izoh: Ayirbosh qilmoq, ayirboshlamoq.
Namuna: Men uni sizning o‘nta yigitingizga ham alishmayman. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']