ayyor
Sinonimlar: hiylagar
Izoh: ayn.Hiylakor.
Namuna: qurii... quu...» deb qichqirub: Aql egasi hiylaga aldanmagay, Hiylagarning hiylasi boshin yegay. ['Abdulla Avloniy «Xurus ila Boʻri» ']
Sinonimlar: quv
Izoh: 1. Makr-hiylaga usta; ichidan pishgan; mugʻambir, ayyor.
2. Quvlik ifodalovchi; ayyorlik ifodali; ayyorona.
Namuna: Shunaqa do‘xtir bo‘lsa birga boraylik, — dedi Anvar quvlik bilan, — suyakli tilingizni sal yumshatib bersin. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Antonimlar:
Sinonimlar: ustomon
Izoh: Juda ustalik, mugʻambirlik, hiylakorlik bilan muomala qiladigan; ayyor, hiylagar, makkor.
Namuna: Xudo uni yaratishga yaratib, so‘ng unutib qo‘yganmi, har holda shundaygina yaralganicha qolavergan — ustomonlik, hiyla, makr, yolg‘on degan ne’matlardan bebahra yuravergan. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Antonimlar:
Sinonimlar: makkor
Izoh: 1. Makr-hiylaga usta; ayyor, dogʻuli.
2. Makr-hiylaga asoslangan, makrli.
Namuna: — Shunaqa makkorlik bilan ishlagan odam nima uchun bu shilta ishga ilashib qoldi? ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Sinonimlar: dog`uli
Izoh: Oʻta ayyor, makkor, mugʻambir, aldoqchi.
Namuna: Tinch turarmi bu keksa olam, Tinch turarmi dogʻuli zamon. [A. Oripov, "Ruhim"]
Sinonimlar: mo`ltoni
Izoh: 1. esk. ayn.Loʻli.
2. koʻchma.Firibgar, muttaham.
Namuna: Dunyo harom, deb turib, dunyo yiqqan moʻltonilarda samimiyat nima qilsin! [ S. Anorboyev, "Oqsoy"]
Antonimlar:
Sinonimlar: qilvir