aqlli
Sinonimlar: esli
Izoh: Aql-hushi joyida, aqli butun.
Namuna: Esli bolasan, ammo qattiq gapirib yubording. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Sinonimlar: kallali
Izoh: Aqli bor, aqli oʻtkir, aqlli.
Namuna: Kallang po‘la bo‘lsa, bo‘shatib qo‘y, kallalilar ishlasin! ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Sinonimlar: oqil
Izoh: 1. Oʻtkir aql sohibi; aqlli, dono.
2. Aql bilan aytilgan, qilingan; bamaʼni.
3. Oqil (erkaklar ismi).
Namuna: Mahmud deputatni so‘zdan qaytmas, mard, oqil odam sifatida qabul qilib, unga xolisanillo yordam bermoqchi edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']