afsus
Sinonimlar: attang
Izoh: ayn.Afsus
Namuna: Jar tepasiga borib qolganingizda attang, demang. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: esiz
Izoh: 1. und. s.Achinish, afsuslanishni bildiradi; attang, afsus.
2. mod. s.Afsus(ki).
3. Uvol, hayf.
Namuna: Esiz, shunday zolotoy xotin! ['Abdunabi Haydarov «Qo‘sh ustunimning biri » 2014']
Sinonimlar: taassuf
Izoh: Koʻngilsiz, nomaqbul voqea, hodisa, ahvol va shu kabilardan tugʻilgan achinish; afsus.
Namuna: Qarshisida Oqibatxon emas, munofiqlik, riyokorlik va tubanlikning jirkanch timsoli turganday, eti junjikib — Oqibatxon! — dedi ilkis taassuf nazari bilan, — Humayraxondan xabar olaylik deyapsiz, bu — maqbul fikr. ['Oqiljon G‘afurov «Ayol ori » 2013']