Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

atigi

Sinonimlar: bor-yo`g`i
Izoh: 1. Bisotida, ixtiyorida boʻlgan hamma narsa; boylik, bud-shud. 2. Hammasi boʻlib; atigi, faqat.
Namuna: Qumda talanib, bor-yoʻgʻidan ajralgan kichik karvon sochilgan narsalarni yigʻib, otlarni egarlab, aravalarga qoʻshishga hozirlik koʻrdi. [Mirmuhsin, "Meʼmor"]
Sinonimlar: bori
Izoh: Hammasi boʻlib, bor-yoʻgʻi, nihoyati, faqatgina.
Namuna: Mayli, mayli, otajon, qattiqroq ketibman, tavba qildim. Lekin gapning bori ham shu-da, axir. ["Erkin A'zam «Tanho qayiq» "]
Sinonimlar: nihoyati
Izoh: Hammasi boʻlib, bor-yoʻgʻi, atigi, faqatgina.
Namuna: Hayotning nihoyati imtihon dunyosi ekani, har kim ekkanini o‘rishi, hech bir jinoyat jazosiz, yaxshilik mukofotsiz qolmasligi teranroq anglatib borilaveradi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Sinonimlar: faqat
Izoh: zidl. bogʻl.Cheklash maʼnosini ifodalaydi.
Namuna: Faqat yarmidan ko‘pi oqarib ketgan. ['Said Ahmad «Qorako‘z majnun» 1999']