Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

allanechuk

Sinonimlar: allaqanday
Izoh: Qandaydir noaniq bir tarzdagi, allanechuk.
Namuna: O‘rtamizda tug‘ila boshlagan beg‘ubor do‘stlikni allaqanday begona hislar bilan almashtirib yubordingiz. ['Go‘zaloy Solih qizi «Siz o‘shami? » 2014']
Sinonimlar: qandaydir
Izoh: 1. soʻr. olm.Belgi, sifat, xususiyat haqidagi soʻroqni bildiradi; qanaqa? 2. Soʻroq gaplardan transformatsiyalangan gaplar tarkibida soʻroq anglatmay, faqat nisbiy belgini bildiradi. 3. Maxsus ohang yordamida belgi-darajani kuchaytirib ifodalaydi; naqadar. 4. Bogʻlovchi soʻz (nisbiy soʻz) vazifasida qoʻllanadi. 5. rvsh.Qay tarzda, qay yoʻsinda. 6. -ganda qoʻshimchasini olgan feʼllardan keyin kelib, berilgan savolga ijobiy javobni boʻrttirib, taʼkidlab ifodalaydi.
Namuna: Ba’zan esa qandaydir ko‘rinmas bir kuch temirchining omburi bilan yuragini siqa boshlaydi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: g`alati
Izoh: 1. Odatdagi, hammaga maʼlum boʻlganidan boshqacha; qiziq. 2. Nimaligi aniq boʻlmagan, anglab boʻlmaydigan; tayinsiz. 3. Oʻz tabiiy holatini oʻzgartgan, alla-nechuk bir holatli. 4. Juda qoyil; ajoyib.
Namuna: Tungi g'alati voqeani aniq eslab, labining bir cheti bilan salgina ma'yu s jilmayib qo'ydi. ['Asqad Muxtor «Chinor» ']
Sinonimlar: bir xil
Izoh: 1. (toʻgʻrisi bir xil) I Allanechuk, allaqanday. 2. ayn.Oʻxshash; baravar, teng.
Namuna: Tamaraning koʻngli birxil boʻlib ketdi, beixtiyor ayol tomonga qarab yurdi. [M. Muhamedov, "Qahramon izidan"]