Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

ayb

Sinonimlar: gunoh
Izoh: 1. din.Shariat qonuniga, diniy aqidalarga xilof ish, xatti-harakat. 2. Odob-axloq doirasiga sigʻmaydigan ish, nojoʻya xatti-harakat; jinoyat; ayb.
Namuna: Sen bilan men bir qop-bir qop gunohni orqalab boramiz u yoqqa. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: jinoyat
Izoh: 1. huq.Davlat qonunlari bilan belgilangan tartibga xilof va shu qonunlarga asosan javobgarlikka tortishni talab qiladigan, jamoat uchun xavfli xatti-harakat. 2. koʻchmaYomon oqibatlarga olib boradigan zararli xatti-harakat, ish; gunoh.
Namuna: Biron joyda jinoyat sodir bo‘lsa qidiruvchilarning ko‘z oldiga dastlab yaqin orada qamoqdan qaytganlar keladi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: yoziq
Izoh: esk.Ayn. gunoh.
Namuna: Ajalingning yetishi qilgan yozigʻingdan emas, bek akangning qonsirashi! degan gap. [A. Qodiriy, "Oʻtgan kunlar"]