Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

azobli

Sinonimlar: uqubatli
Izoh: Azob va qiynoqli, mashaqqatli.
Namuna: Asadbekning uqubatli umr yo‘li adog‘iga yetay deganida Elchinning azobli hayoti davom etadiganday edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Antonimlar:
  1. rohatli
Sinonimlar: zahmatli
Izoh: Azob va qiynoqli, mashaqqatli.
Namuna: Kechki oftobda nurlanib turgan yuzining chuqur ajinlari bu biyobonlarning qadimiy fojialaridan, uzoq zahmatkash umr va ajoyib g‘oyibona taqdirdan darak berardi. ['Asqad Muxtor «Chinor» 1969']
Antonimlar:
  1. huzurli
Sinonimlar: alamli
Izoh: 1. Alami bor, ogʻriq-azobli. 2. Alam-ogʻriqdan, azobdan yuzaga kelgan.
Namuna: Albatta, zolimlar (ya’ni kofirlar) uchun alamli azob bordir...». ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: iztirobli
Izoh: Iztirobga soluvchi, ruhan ezuvchi.
Namuna: Suhbatlashib o‘tirgan choqlari Asadbek g‘am-tashvishdan bir oz uzoqlashgan bo‘lardi-yu, lekin yolg‘iz qolganida iztirobli xayollar yana band etaverardi. ['Tohir Malik «Shaytanat 4-kitob» 1993']
Antonimlar:
  1. iztirobsiz
Sinonimlar: achchiq
Izoh: 1. koʻchma. Kishiga qattiq tegadigan, koʻngilga ozor beradigan; qattiq, noxush. 2. koʻchma.Gʻam-iztirobli; alamli.
Namuna: Amirlar va askarlarning isyonlarini bostirdim, ulardan achchiq so‘zlar ham eshitdim. ['Muhammad Ali «Sohibqiron oʻylari» ']
Antonimlar:
  1. shirin
Sinonimlar: sitamli
Izoh: Alamli, dard-ogʻriqli; dard-alam ifodalovchi.
Namuna: Qalbi ham ayrim paytlari yumshab ketadi, olijanob ishlarga qodirday ko‘rinadi-yu, qalbiga bir vaqtlar tuxum qo‘yib ulgurgan yovuzlik uyg‘onib ketganda tamomila sitamkor va qasoskorga aylanadi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Antonimlar:
  1. sitamsiz