Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

aziyat

Sinonimlar: sitam
Izoh: Jabr, jafo, zulm.
Namuna: Ayni damda bu dunyoning dastlabki so‘qmog‘ida qoqilgan, hali hayotning past-baland ko‘chalari, alamlari, sitamlaridan bexabar juvon bilan yovuzlik dunyosidagi yantoqzorlarni yalangoyoq kezib katta bo‘lgan odam o‘rtasida g‘oyibona bitim tuzilayotgan edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Sinonimlar: azob
Izoh: 1. Jismoniy yoki ruhiy qiynoq. 2. Ish-mehnat qiyinchiligi, mashaqqati.
Namuna: Albatta, zolimlar (ya’ni kofirlar) uchun alamli azob bordir...». ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Antonimlar:
  1. rohat
Sinonimlar: jabr
Izoh: Jismoniy yoki ruhiy azob; zulm, adolatsizlik.
Namuna: Bu qadimiy shahar xalqi Chingizxon bilan mardona olishgan Temur Malik davridan beri mo‘g‘ul bosqinchilaridan ko‘p jabr ko‘rgan. ['Pirimqul Qodirov «Yulduzli tunlar» ']
Sinonimlar: jafo
Izoh: Maʼnaviy, ruhiy va jismoniy ezilish, azob-uqubat, kulfat.
Namuna: Bu «marhamat» uni azoblardan halos qilmay, balki bir umrlik jabru jafolarga hukm qilganini anglab yetdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: ozor
Izoh: Kimsaga yetgan, yetkazilgan jismoniy yoki ruhiy azob, jabr.
Namuna: Nojo‘ya savol bilan erining diliga ozor yetkazishdan cho‘chirdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: zahmat
Izoh: 1. Ogʻir, mashaqqatli mehnat. 2. koʻchma.Kulfat, azob-uqubat, qiyinchilik.
Namuna: Zahmat chekib, xirmon yaratibdi. ['Abdunabi Haydarov «Qo‘sh ustunimning biri » 2014']
Sinonimlar: alam
Izoh: 1. Jismoniy qiynoq; azob, ogʻriq. 2. Ruhiy azob, iztirob. 3. Qasd, oʻch, qasos. 4. Gʻazab, nafrat; zahr.
Namuna: — Arslonlar ichida yashasam ham alam qilmasdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: iztirob
Izoh: Ruhan ezilish, siqilish holati; ruhiy azob.
Namuna: Bu safar tovushingizda hech qanday o‘kinch, iztirob sezilmadi. ['Go‘zaloy Solih qizi «Siz o‘shami? » 2014']
Sinonimlar: uqubat
Izoh: Ruhiy yoki jismoniy azob, qiynoq, jafo.
Namuna: Faqat uqubat uchun tug‘ilgan odam ham u kabi uqubat chekmasa kerak... ['Tohir Malik «Shaytanat 4-kitob» 1993']