Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

azob

Sinonimlar: uqubat
Izoh: Ruhiy yoki jismoniy azob, qiynoq, jafo.
Namuna: Faqat uqubat uchun tug‘ilgan odam ham u kabi uqubat chekmasa kerak... Qoq suyak topgan it ham o‘zini baxtli his qilar balki.Tohir Malik «Shaytanat 4-kitob» 1993
Antonimlar:
  1. huzur
  2. rohat
  3. farog'at
Izoh: Qoʻli gul ijrochiga, oʻz kasbining ustasiga yaxshilik tilab aytiladigan ibora.
Namuna: Bu nasiba sizga. Sara bugʻdoy. Qoʻlingiz dard koʻrmasin, ogʻa.S. Siyoyev, Avaz
Izoh: Ruhiy azob, gʻam-gʻussa, alam-hasrat.
Namuna: ening hech joyim ogʻrimaydi, faqat ishq dardim bor, uf! Hamza,Tuhmatchilar jazosi
Izoh: koʻchma. Kishining borligʻini, butun fikri-yodini band etgan narsa, ish, tashvish, orzu, xayol va shu kabilar
Namuna: Uning dardi — oʻyin. Biror narsa dardida yurmoq◆Shoirlik bu — ulkan dard. Shukrullo,Saylanma
Izoh: koʻchma. Fikr-u xayol; armon, ezgu maqsad.
Namuna: Uning [Atevning] qalbi hamisha xalq quvonchi, xalq dardi, hash orzu-hislari bilan yonib, olovlanib turadi.X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
Izoh: koʻchma. Ishq, muhabbat.
Namuna: Layli dardida choʻl kezib yurgan Majnunning iztiroblariga yoz holati mutanosib edi.Gazetadan
Sinonimlar: dard
Izoh: Jismoniy azob; ogʻriq, kasallik.
Namuna: U Jalilni chaqirtirishga chaqirtirib, gapni nimadan boshlashni bilmay garang o‘tirardi. U dardini faqat shu oshnasiga ayta olardi. Uni shuning uchun ham chaqirtirgan edi.Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989
Antonimlar:
  1. rohat
  2. huzur
  3. farog'at
Sinonimlar: aziyat
Izoh: 1. Ruhiy yoki jismoniy ezilish, ozor, azob.
Namuna: Hozir tili boshqa, dili boshqalar davrasida aziyat chekyapsan. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Antonimlar:
  1. rohat
Izoh: 2. Zararli taʼsir, zarar-zahmat.
Namuna: Ikki yil konda ishlagach, aybsiz ekani birdaniga ayon bo‘lib qolib uyiga qaytdi. U tuhmat azobidan aziyat chekmas edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: jabr
Izoh: Jismoniy yoki ruhiy azob; zulm, adolatsizlik.
Namuna: Harom ishlar bandalardan pinhon tutilishi mumkin, ammo shayton yetaklab borayotgan bandaning har bir odimi o‘lchog‘li, har bir nojo‘ya qadami uchun jabr tortishi aniq. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: jafo
Izoh: Maʼnaviy, ruhiy va jismoniy ezilish, azob-uqubat, kulfat.
Namuna: Qolaversa, Asadbekning qizi Zaynabning boshiga tushgan jafo toshi, abri balolar-chi? ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Sinonimlar: ozor
Izoh: Kimsaga yetgan, yetkazilgan jismoniy yoki ruhiy azob, jabr.
Namuna: Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff» dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi so‘z ayt. ['Tohir Malik «Shaytanat 4-kitob» 1993']
Sinonimlar: zahmat
Izoh: 1. Ogʻir, mashaqqatli mehnat. 2. koʻchma. Kulfat, azob-uqubat, qiyinchilik.
Namuna: Farzandlar shunchalar zahmat chekib, uqubatlar tortib tiklag‘on ulug‘ saltanatning, bobosining qadriga yetarmu ekanlar, yo‘qmi? ['Muhammad Ali «Sohibqiron oʻylari» ']
Antonimlar:
  1. rohat
Sinonimlar: alam
Izoh: 1. Jismoniy qiynoq; azob, ogʻriq. 2. Ruhiy azob, iztirob. 3. Qasd, oʻch, qasos. 4. Gʻazab, nafrat; zahr.
Namuna: Sharif esa, o‘zining nazarida, alamlar tikonzori ustida tug‘ilib, tashvish choyshabiga yo‘rgaklangan. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Antonimlar:
  1. huzur
Sinonimlar: iztirob
Izoh: Ruhan ezilish, siqilish holati; ruhiy azob.
Namuna: Uning bu jilmayishida xursandlik yoki quvlik emas, iztirob bor edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Sinonimlar: sitam
Izoh: Jabr, jafo, zulm.
Namuna: Ayni damda bu dunyoning dastlabki so‘qmog‘ida qoqilgan, hali hayotning past-baland ko‘chalari, alamlari, sitamlaridan bexabar juvon bilan yovuzlik dunyosidagi yantoqzorlarni yalangoyoq kezib katta bo‘lgan odam o‘rtasida g‘oyibona bitim tuzilayotgan edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']