Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

ahil

Sinonimlar: inoq
Izoh: 1. Oʻzaro doʻstona munosabatda; ahil. 2. tar.Buxoro amirligida: amir buyrugʻini yetkazish, amir nomiga kelgan xatlarni oʻqib eshittirish bilan shugʻullangan, hukmdorning ishonchli kishisi boʻlgan lavozimli shaxs. 3. Inoq (erkaklar ismi).
Namuna: Dovdirab qolgan, kichkina keksa munajjim bilan dov gavdali Muhammad Sayid pahlavon juda inoq Podshohning bu qari munajjimi baxt va falokat, yaxshilik va yomonlik, omad va omadsizlik — hammasining vaqt-soatini yulduzlarning sirli va tekin maslahati bilan, mashaqqat chekmasdan, tez tayinlab, belgilab berardi. ['Oybek «Navoiy» 1944']
Antonimlar:
  1. noahil
Sinonimlar: qadrdon
Izoh: 1. Oʻzaro qadr-eʼtiborli, bir-birini juda qadrlaydigan. 2. Koʻpdan beri tanish, oʻrganish boʻlgan, oʻrganib qolingan, qadrli boʻlgan.
Namuna: Yaqin ikki oydan beri yo‘qotgan qadrdon kishisining ovozini eshitib yig‘layotgandek g‘ingshidi. ['Said Ahmad «Qorako‘z majnun» 1999']
Antonimlar:
  1. begona
Sinonimlar: totuv
Izoh: Oʻzaro juda totuv munosabatli, inoq-ittifoq.
Namuna: Shunday totuv oila, o‘z farzandidek bo‘lib qolgan bolalar, ularning mehr-oqibati, sho‘хliklariga o‘rganib qolgan, shularni deb yigitlik davrini o‘tkazib yuborgan odam endi bular huvillatib ketadigan uyda so‘ppayib yolg‘iz qolsa chindan ham og‘ir. ['Asqad Muxtor «Chinor» 1969']
Sinonimlar: ittifoq
Izoh: 1. ot.Guruh, jamiyat, sinf yoki davlatlarning birlikda ish olib borish uchun tuzgan birlashmasi; birlashma, uyushma. 2. sft.Oʻzaro yaxshi munosabatli; inoq, ahil.
Namuna: Manzura kirib dasturxon ustini sarishta qilib chiqib ketgach, Jalilning donoligi tutib gap boshladi: — Bitta shaharda ikkita imom-domla bo‘lgan ekan It bilan mushuk murosa qilsa qilarkanki, bular ittifoq bo‘la olishmas ekanlar. ['Tohir Malik «Shaytanat 4-kitob» 1993']
Antonimlar:
  1. noittifoq
Sinonimlar: qalin
Izoh: 1. Koʻndalang oʻlchami katta (odatda yassi-yoyiq narsalar haqida). 2. Bir necha qavatli yoki orasiga narsa solib ishlangan (asosan, kiyim, koʻrpa va shu kabilar buyumlar haqida). 3. Bir-biriga juda yaqin joylashgan; zich, tigʻiz. 4. Tutash holatli; quyuq. 5. Koʻp, moʻl. 6. kam qoʻll.Yoʻgʻon. 7. koʻchma.Yaxshi va mustahkam aloqali; qadrdon, yaqin, jonajon. 8. etn.Nikoh toʻyida kuyov tomondan kelin tomonga beriladigan, toʻlanadigan pul, mol va shu kabilar
Namuna: Asadbek u bilan qalin do‘st bo‘lmasa-da, o‘zaro yaqinliklari bor edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Sinonimlar: apoq-chapoq
Izoh: Oʻzaro ahil; inoq, totuv.
Namuna: Bugun bunday deb to‘ng‘illab, ertaga tug‘ishgandan ziyoda ravishda apoq-chapoq bo‘lib yuradiganlar kammi dunyoda? ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Antonimlar:
  1. yuzko'rmas