Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

azamat

Sinonimlar: polvon
Izoh: 1. Jismoniy jihatdan kuchli, baquvvat kishi; bahodir, pahlavon. 2. Kurash tushadigan sportchi. 3. s. t.Ekskavator, koʻtargich kran kabi mashinalarga xalq tomonidan berilgan nom.
Namuna: «Bir polvon kelib, hovuzni o‘ziyla tozalab qo‘yibdiya...» degan edi. Unga Hovuz polvon degan ismni ham bobosi qo‘ygan. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Antonimlar:
  1. kuchsiz
Sinonimlar: kuchli
Izoh: 1. Jismoniy qobiliyati, kuch-quvvati nisbatan ortiq; baquvvat. 2. Sogʻlom va yaxshi rivojlangan. 3. fiz., tex.Katta quvvatga ega boʻlgan; quvvatli. 5. Taʼsir darajasi yuqori, tez taʼsir qiladigan. 6. Zuhur etish, yuz berish darajasi yuqori: qattiq; shiddatli. 7. Oʻz ish-hunarini yaxshi biluvchi, qobiliyati zoʻr; talantli. 8. s. t.Tarkibida oʻgʻit moddalari koʻp, unumdor; semiz. 9. Oʻsish, rivojlanishni tezlashtiradigan; koʻp kuch-quvvat bagʻishlaydigan; toʻyimli, toʻq tutadigan. 10. Umuman, darajasi yuqori, yuqori darajali.
Namuna: Bolaligimizda sen kuchli eding. Meni himoya qilarding. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Antonimlar:
  1. zaif