Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

ayol

Sinonimlar: xotin
Izoh: 1. Jinsiy jihatdan erkak toifasiga zid, farzand koʻrish, emizish qobiliyatiga ega odam; ayol. 2. Biror erkak nikohidagi ayol.
Namuna: Goho er xotiniga, xotin eriga xiyonat qilganini, ota-onalar zurriyotlari, o‘g‘il-qizlar ota-onalari oldidagi burchini unutganini eshitsam, hayratda qolaman. ['Abdunabi Haydarov «Qo‘sh ustunimning biri » 2014']
Sinonimlar: xotin-qiz
Izoh: Ayollar va qizlar; ayollar va qizlarning umumlashtirib aytilishi.
Namuna: Katta bir poliklinikadagi xodimlarning deyarli barchasi xotin-qizlar. ['Akbar Mirzo «So‘nggi chora » 2011']
Sinonimlar: xotin-xalaj
Izoh: s. t.Xotin-qizlar, ayollar.
Namuna: Xotin-xalaj qarg‘anib, yuzini teskari buradi. ['Abdunabi Haydarov «Qo‘sh ustunimning biri » 2014']