Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

ado etmoq

Sinonimlar: bajarmoq
Sinonimlar: bajarmoq
Izoh: 1. Biror ish, reja, majburiyat yoki topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq, ado etmoq. 2. Biror harakatni ijro etmoq (rol, musiqa, raqs va shu kabilarni).
Namuna: To‘ydan oldin bo‘lganida qo‘l-oyog‘ini bog‘lasa-da, buyruqni bajarardi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: bitirmoq
Izoh: Bitmoq I feʼlining orttirma nisbati. Yakuniga, oxiriga yetkazmoq, tugallamoq.
Namuna: Yolg‘on gapirganimni yo birovga firib berib ish bitirganimni bilasanmi? ["Erkin A'zam «Tanho qayiq» "]
Sinonimlar: o`rinlatmoq
Izoh: Yaxshilab, koʻngildagidek qilib bajarmoq, oʻrniga qoʻymoq, doʻndirmoq.
Namuna: Qachon mening aytganimdek qilib oʻrinlatuvdingki, endi oʻrinlatasan! [Shuhrat, "Jannat qidirganlar"]
Sinonimlar: do`ndirmoq
Izoh: 1. Doʻnmoq feʼlining orttirma nisbati. 2. s. t.Joyiga keltirib, koʻngildagidek qilib, boplab bajarmoq, ijrosini joyiga qoʻymoq, oʻrinlatmoq.
Namuna: [U] Oʻzimizning taomlarni— kabob va palovdan tortib to halimgacha — doʻndirib yuboradi. [Oybek, "Oltin vodiydan shabadalar"]
Sinonimlar: o`tamoq
Izoh: 1. Ado etmoq, bajarmoq. 2. Biror vazifa, jazo va shu kabilar muddatini tugatmoq. 3. Biror narsaga xos vazifani bajarmoq, shu vazifada qoʻllanmoq, foydalanilmoq.
Namuna: Choyxona hali bu yerga koʻchmagan, bino hozircha klub vazifasini oʻtab turardi. [A. Qahhor, "Qoʻshchinor chiroqlari"]