Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

ahvol

Sinonimlar: holat
Izoh: 1. Yuzaga kelgan, mavjud boʻlgan vaziyat, ahvol. 2. Jismoniy yoki ruhiy jihatdan boʻlgan ifoda, koʻrinish; qiyofa, avzo. 3. shv.Kuch-quvvat, darmon, mador; qudrat.
Namuna: Mana shu holat, shu nigoh ta’qibi Elchin uchun oliy jazodan battar edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: hol
Izoh: 1. Hayotdagi muayyan bir holat, vaziyat; ahvol. 2. Kimsa yoki narsa jismida yuzaga kelgan muayyan holat. 3. Kishining jismoniy va ruhiy jihatdan oʻzini sezishi; jismoniy va ruhiy holat; kayfiyat, avzo, koʻrinish. 4. oʻ.-p. k.(shaklida — holda) Holat bildiruvchi (gʻamgin, maʼyus kabi) baʼzi soʻzlar, shuningdek, -gan affiksli feʼl bilan qoʻllanib, biror harakat-holatning shu soʻz bildirgan holatda yuz berishi, bajarilishini bildiradi. 5. Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanib, ruhiy yoki jismoniy imkoniyat, kuch-quvvat maʼnosini bildiradi. 6. tlsh.Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilish sababi, maqsadi, oʻrni, payti va shu kabilar belgilarini bildiradigan ikkinchi darajali boʻlak. Qanday belgini bildirishiga koʻra holning
Namuna: Bu xushxabar uning tugab borayotgan umriga umr ulagan edi. Bu hol shamning o‘chish oldidan bir lop etishiga — Ukalaringni, singillaringni chaqir! ['Said Ahmad «Qorako‘z majnun» 1999']
Sinonimlar: kepata
Izoh: ayn. Hol, ahvol, holat.
Namuna: Uy tomondan sado bo‘lmagach, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan odam kepatasida ko‘chaga chiqdilar. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']