Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

avvalo

Sinonimlar: avvalambor
Izoh: krsh. s. vzf.Avvali shuki, avvalo.
Namuna: Avvalambor Sharif, qolaversa Nasibaning ko‘p narsalarga yetguvchi aqli, fahmi-farosati shu nuqtaga yetganda andak ojizlik qilgani uchun ham bu kichik kulfat tuzini totib ko‘rishdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Antonimlar:
  1. ba`daz
Sinonimlar: avvali
Izoh: ayn.Avval 4. Boshda.
Namuna: Gapimning avvali shuki, sen u ishdan xijolat tortmagin, bolam. Bola eding, ko‘p narsalarga tushunmagansan. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Antonimlar:
  1. oxiri
Sinonimlar: birinchidan
Izoh: 1. Qatorda eng oldingi oʻrinda turgan, eng oldingisi, eng avvalgisi. 2. Eng avval, ilk bor paydo boʻlgan, yuzaga kelgan; hammadan oldin sodir boʻlgan, yuz bergan; dastlabki.
Namuna: — Katta bo‘lsang o‘zingga, bu birinchidan, boyvachcha bo‘lsang ham o‘zingga, bu ikkinchidan, xo‘pmi! ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Antonimlar:
  1. keyin
Sinonimlar: boshi
Izoh: Avvali, boshi.
Namuna: So'zning boshi qattiq, oxiri totlik. Tora MIRZAYEV, Asqar MUSOQULOV, Bahodir SARIMSOQOV «O‘ZBEK XALQ MAQOLLARI» 2005
Antonimlar:
  1. oxiri