Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

ashqol-dashqol

Sinonimlar: lash-lush
Izoh: 1. s. t.Har xil mayda-chuyda narsalar. 2. s. t.Soʻyilgan qoʻy yoki molning kalla-pochalari, ichak-chovoqlari va shu kabilar
Namuna: Lash-lushlaringni yig‘ishtiru men bilan birga ket. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Sinonimlar: laq-luq
Izoh: kam qoʻll. ayn.Lash-lush.
Namuna: Asalari uyalari va boshqa laq-luqlarni yigʻishtiraveringlar, Toshkentga koʻchamiz. ["Mushtum"]
Sinonimlar: qaqir-ququr
Izoh: Har xil mayda-chuyda narsalar; ashqol-dashqol, lash-lush.
Namuna: Bu mashina, aravalarga tirband qilib allaqanday qaqir-ququrlar ortilgan edi. [H. Nazir, "Soʻnmas chaqmoqlar"]
Sinonimlar: mayda-chuyda
Izoh: 1. Turli-tuman va mayda. 2. Arzimas, ahamiyatsiz. 3. s. t.Mayda buyumlar, u-bu narsalar.
Namuna: O‘zi mayda-chuyda gaplarga aralashmasdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']