Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

achinmoq

Sinonimlar: afsuslanmoq
Izoh: 1. Pushaymon qilmoq, pushaymon yemoq. 2. Dili ogʻrimoq; oʻkinmoq.
Namuna: Chegaradan hatlashga hatladi-yu, so‘ng afsuslanib, mum tishladi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: afsus qilmoq
Izoh: 1. Pushaymon qilmoq, pushaymon yemoq. 2. Dili ogʻrimoq; oʻkinmoq.
Namuna: Buning uchun chindan ham afsus qilish kerak va bu xatoni tuzatish shart, — dedi Valya kulib. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Sinonimlar: kuymoq
Izoh: 1. Alanga chiqarmay yonmoq. 2. Umuman, oʻt-olov olmoq; yonmoq; yonib ishdan chiqmoq. 3. Ortiq darajada qizib (erib), ishdan chiqmoq (elektr asboblar haqida). 4. Ortiq darajada isib-qizimoq; harorati koʻtarilmoq. 5. Oʻt-olov yoki kuydiradigan narsa taʼsirida zararlanmoq, jarohatlanmoq (tirik organizm haqida). 6. Quyosh issigʻi taʼsirida qurib-qovjirab ketmoq, nobud boʻlmoq (oʻsimliklar haqida). 7. koʻchma.Bekor boʻlmoq, behuda ketmoq; ajrab qolmoq. 8. koʻchma.Biron kimsa yoki narsadan zarar-ziyon koʻrmoq, yolchimay aziyat chekmoq. 9. s. t.Xarj boʻlmoq, puli ketmoq. 10. koʻchma.Alam qilmoq, alam qilib boʻgʻilmoq; qattiq xafa boʻlmoq, gʻam-alam chekmoq. 11. koʻchma.Qaygʻurmoq; achinmoq. 12. Alam-iztirob chekmoq.
Namuna: Men pulga kuyishni istamayman, domla puldan quruq qolishni xohlamaydi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Sinonimlar: kuyinmoq
Izoh: 1. Qattiq achinmoq; tashvish tortmoq; xafa boʻlmoq. 2. Ayash, achinish, gʻamxoʻrlik bilan qaygʻurmoq.
Namuna: Uning tarixni buzib talqin etilayotganidan kuyinishlari, pichingli gaplari, zamonni turli maxluqlarga o‘xshatishi Zohidni hayron qoldirgan edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']