Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

attang

Sinonimlar: afsus
Izoh: 1. Oʻkinish, achinish tuygʻusi; pushaymon. 2. mod.s.Narsa-hodisaning xohish-istakka zidligini, soʻzlovchining shunday munosabatini bildiradi.
Namuna: Shunda «Pichoqni sug‘urib o‘z yuragimga sanchmaymanmi!» degan o‘yda afsus chekdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: esiz
Izoh: 1. und. s.Achinish, afsuslanishni bildiradi; attang, afsus. 2. mod. s.Afsus(ki). 3. Uvol, hayf.
Namuna: Ketma-ket g‘udrangancha nuqul ikki jumlani – Esiz, shunday zolotoy kampir! ['Abdunabi Haydarov «Qo‘sh ustunimning biri » 2014']
Sinonimlar: taassuf
Izoh: Koʻngilsiz, nomaqbul voqea, hodisa, ahvol va shu kabilardan tugʻilgan achinish; afsus.
Namuna: Shogirdlari yerga qarab qolgach, taassuf ila bosh chayqaydi, og‘ir xo‘rsinadi. ["Erkin A'zam «Tanho qayiq» "]