Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

arang

Sinonimlar: zo`rg`a
Izoh: Zoʻr-bazoʻr, bir amallab, arang.
Namuna: Bolalarning orasidan zoʻrgʻa qochib chiqdim [dedi Said]. [E. Raimov, "Ajab qishloq"]
Sinonimlar: zo`r-bazo`r
Izoh: Zoʻrgʻa, bazoʻr, arang.
Namuna: Ota-qoʻzi yuragining tagidan dafʼatan vulqonday qaynab kelgan gʻazabni zoʻr-bazoʻr toʻxtatib qoldi. [O. Yoqubov, "Diyonat"]
Sinonimlar: o`lib-tirilib
Izoh: Butun kuchni sarflab, astoydil harakat qilib, tirishib; tish-tirnogʻi bilan.
Namuna: Oʻlib-tirilib hisor zotini xillaganman, yuz yigirmatadan qoʻzi olganman. [P. Qodirov, "Qora koʻzlar"]