Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

aloqador

Sinonimlar: daxldor
Izoh: Biror narsaga bevosita aloqasi, bogʻliqligi boʻlgan, aloqador, taalluqli.
Namuna: Asar ilk satrlari, sahifalaridanoq u «oldi-qochdi», «quvdi-yitdi», «otdi-ketdi»lar asosiga emas, chinakam ma’naviyatga daxldor masalalar, hayot-mamot masalalari, azaliy ornomus, adolat, ezgulik va yovuzlik kurashlariga qurilgani ko‘rinib-anglanib turibdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Sinonimlar: tegishli
Izoh: 1. Talabga, vaziyatga, qonun-qoidaga va shu kabilarga mos, muvofiq; shu jihatdan kerak, loyiq, lozim boʻlgan. 2. Kimsa yoki narsaga qarashli, aloqa-dor, taalluqli boʻlgan. 3. Daxli boʻlgan, muayyan, belgili. 4. Oʻziga yarasha, lozim boʻlgan; kerakli.
Namuna: Asadbek o‘ziga tegishli gap bo‘lganida, aytaylik, «dushmanlaringiz bosh ko‘tarar ekan, sizdan avliyolar yuz o‘giribdi», deyilganda boshqacha holatga tushardi, yonboshiga o‘girilib yotavermasdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: oid
Izoh: koʻm.Tegishli, taalluqli, doir.
Namuna: Zohid prokuraturada vazifasini o‘tashga kirishgan kuniyoq uning qo‘liga shu deparaga oid ish berildi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: taalluqli
Izoh: 1. Biror narsa yoki kimsaga aloqasi, bogʻlanishi boʻlgan; daxldor, aloqador. 2. Biror narsa yoki kimsaga qarashli, tegishli, mansub.
Namuna: Bugun kelib «Asadbekning otasiga taalluqli arxivni o‘rganyapman, zo‘r odam bo‘lgan ekan katta qaynotang», deb ketdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']