Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

allaqanday

Sinonimlar: allanechuk
Izoh: Qandaydir noaniq bir tarzdagi, allaqanday.
Namuna: Hayallatib qo‘ymadimmi, — Qo‘ysangiz-chi, Qadimabonu! — dedi Oqibatxon, allanechuk sirli iljayib. ['Oqiljon G‘afurov «Ayol ori » 2013']
Sinonimlar: qandaydir
Izoh: 1. soʻr. olm.Belgi, sifat, xususiyat haqidagi soʻroqni bildiradi; qanaqa? 2. Soʻroq gaplardan transformatsiyalangan gaplar tarkibida soʻroq anglatmay, faqat nisbiy belgini bildiradi. 3. Maxsus ohang yordamida belgi-darajani kuchaytirib ifodalaydi; naqadar. 4. Bogʻlovchi soʻz (nisbiy soʻz) vazifasida qoʻllanadi. 5. rvsh.Qay tarzda, qay yoʻsinda. 6. -ganda qoʻshimchasini olgan feʼllardan keyin kelib, berilgan savolga ijobiy javobni boʻrttirib, taʼkidlab ifodalaydi.
Namuna: Elchin taklif zamirida qandaydir qitmirlik yotganini fahmla-di-yu, qisqa fursatda o‘sha «qandaydir» nima ekanini anglay olmadi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: g`alati
Izoh: 1. Odatdagi, hammaga maʼlum boʻlganidan boshqacha; qiziq. 2. Nimaligi aniq boʻlmagan, anglab boʻlmaydigan; tayinsiz. 3. Oʻz tabiiy holatini oʻzgartgan, alla-nechuk bir holatli. 4. Juda qoyil; ajoyib.
Namuna: Soy ichi bilan ketishni ma'qul bilib pastga enayotgan edi, hali barg chiqarishga ulgurmagan yulg'unlar orasida do'mpa­ yib yotgan g'alati qor kurtugiga e'tibor qildi. ['Shukur Xolmirzayev «Omon ovchining o`limi» ']
Sinonimlar: bir xil
Izoh: 1. Allanechuk, allaqanday. 2. ayn.Oʻxshash; baravar, teng.
Namuna: Bir xil boʻlib ketyapman, oyi. [A. Muxtor, "Opa-singillar"]
Antonimlar:
  1. turli