Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

albatta

Sinonimlar: shubhasiz
Izoh: 1. Hech qanday shubha tugʻdirmaydigan; aniq. 2. mod. s.Muqarrar ravishda, albatta, soʻzsiz.
Namuna: Shubhasiz, u o‘zining «mehribon o‘gay jiyani» borligidan bexabar edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: muqarrar
Izoh: 1. Vujudga kelishi, yuz berishi, amalga oshishi aniq boʻlgan, shubhasiz, turgan gap. 2. Qaror topgan, turgʻun holga kelgan; tayinli.
Namuna: Muqarrar boshimga tushadigan yuk butun salobati bilan bosib kela boshladi. ['Gʻaffor Hotamov «Ota» 2010']
Sinonimlar: so`zsiz
Izoh: 1. sft.Soʻzi, soʻzlari boʻlmagan, 2. rvsh.Ovoz chiqarmay, gapirmay; sukut ichra, jim. 3. rvsh.Hech qanday eʼtirozsiz. 4. mod. s.Fikrning aniqligini, qatʼiy buyruq va zaruratni bildiradi.
Namuna: Nogahon falakka urgan kabi doʻq, Soʻzsiz qotib turar boʻychan teraklar. [A. Oripov, "Yillar armoni"]
Sinonimlar: aniq
Izoh: 1. Eshitish, koʻrish, tushunish jihatdan yaxshi, toʻla ifodali. 2. Haqiqatga mos, haqiqiy. 3. Bekam-koʻst va toʻgʻri. 4. Belgili, maʼlum. 5. mod. s. vzf.Fikrning chinligini bildiradi; albatta, shubhasiz.
Namuna: Videobar og‘asi ham vazifasini aniq biladi: salom-alikni joyiga qo‘yish, kelgan odamlarning, tanishmi yo notanishmi baribir, harakatini sinchiklab kuzatish, ortiqcha gaplashmaslik, savol bermaslik. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Antonimlar:
  1. noaniq
Sinonimlar: tayin
Izoh: 1. Aniq, belgili, tayinli. 2. Aniq, bor holatli, muqimlikka ega.
Namuna: Bu xususda mazkur ikkinchi kitobni o‘qib chiqib, tayin bir fikrga kelarsiz. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Antonimlar:
  1. tayinsiz
Sinonimlar: beshak
Izoh: Shaksiz, shubhasiz.
Namuna: Darddoshlik ham og‘ir, ko‘p og‘ir, beshak. ['Mirtemir «Toshbu» ']
Sinonimlar: begumon
Izoh: 1. Gumonsiz, shak-shubhasiz; biror fikr, narsa-hodisaga shubhalanmay ishonishni anglatadi. 2. Oʻylab, gumonsirab oʻtirmasdan.
Namuna: Begumon bildim, Habibiy, bor ekan mehr-u vafo.[Habibiy]