Sinonimlar

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

aytmoq

Sinonimlar: bayon qilmoq
Izoh: Aytmoq, aytib bermoq, so`zlab bermoq.
Namuna: Salom-alik chog‘ida e’tiborga molik gap-so‘z bo‘lmagani uchun, vaqtdan foydalanib Haydarga Kesak polvon laqabi berilishining tarixini bayon qilay: Bu voqea ellik sakkizinchi yilda bo‘lib o‘tgan edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Sinonimlar: izhor qilmoq
Izoh: Zuhr etish, ayonlik holati; bildirish; ifoda.
Namuna: Endi hamma turib, xalq dushmanining o‘g‘liga, o‘g‘riga o‘z nafratini izhor qilsin! ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Sinonimlar: bildirmoq
Izoh: 1. Bilmoq 1-5 feʼllarining orttirma nisbati. 2. Oshkor qilmoq, sezdirmoq; ochmoq. 3. Izhor qilmoq, aytmoq. 4. Dalolat bermoq, koʻrsatmoq.
Namuna: Hozirgi marhamatga javoban minnatdorchilik bildirish yana mutelik jandasini kiyish bilan barobar bo‘lardi.['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']