
aytmaslik
Синонимы: yashirmoq
Комментарий: 1. Birov bilmaydigan, koʻrmaydigan yoki topa olmaydigan joyga qoʻymoq, berkitib qoʻymoq.
2. Koʻrinmaydigan holatga olmoq; pana qilmoq, berkitmoq.
3. koʻchma. Maxfiy saqlamoq, sir tutmoq.
Пример: Asadbek yuragidagi zardobni yashirishga qanchalik urinmasin, Mahmud uning vujudida uyg‘ongan g‘alayon o‘tini allaqachon sezgan. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Антонимы:
Синонимы: bekitmoq
Комментарий: 1. Yopiq (berk) holga keltirmoq; ochiq yoki ochilib-yopiladigan joyni mahkamlamoq, yopmoq.
2. Ustini, atrofini oʻrab (qoplab, toʻsib) olmoq; koʻrinmaydigan qilib yopmoq, panalamoq.
3. Kimsa bilmaydigan qilib koʻzdan yoʻqotmoq; yashirmoq.
4. Sir tutmoq; saqlamoq, yashirmoq.
5. Toʻsib yoki taqiqlab oʻtkazmay qoʻymoq, yopmoq; mahkamlab toʻxtatmoq.
6. koʻchmaIshi, faoliyatini toʻxtatmoq yoki tamom qilmoq.
7. Bukib yoki yopib, yigʻiq holatga keltirmoq (ochilib-yopiladigan, buklanadigan narsalar haqida).
Пример: Ammo nima uchun shu paytgacha bunday muhim narsalardan xabarim yo‘qligi birdan xayolimdan o‘tdi-yu, ichimdan otilib chiqayotgan zavqni bekitish uchun qovog‘imni solib — Men bora olmasam kerak, — dedim, uning qiziqarli hayotiga havasim kelsa ham yasama behafsalalik bilan. ['Nazokat Azim «Tengsizlik» 2010']
Антонимы: