Синонимы

Система работает в тестовом режиме

Print

ayyor

Синонимы: hiylagar
Комментарий: ayn.Hiylakor.
Пример: qurii... quu...» deb qichqirub: Aql egasi hiylaga aldanmagay, Hiylagarning hiylasi boshin yegay. ['Abdulla Avloniy «Xurus ila Boʻri» ']
Антонимы:
  1. laqma
  2. bo`sh
Синонимы: quv
Комментарий: 1. Makr-hiylaga usta; ichidan pishgan; mugʻambir, ayyor. 2. Quvlik ifodalovchi; ayyorlik ifodali; ayyorona.
Пример: Shunaqa do‘xtir bo‘lsa birga boraylik, — dedi Anvar quvlik bilan, — suyakli tilingizni sal yumshatib bersin. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Антонимы:
  1. laqma
Синонимы: ustomon
Комментарий: Juda ustalik, mugʻambirlik, hiylakorlik bilan muomala qiladigan; ayyor, hiylagar, makkor.
Пример: Xudo uni yaratishga yaratib, so‘ng unutib qo‘yganmi, har holda shundaygina yaralganicha qolavergan — ustomonlik, hiyla, makr, yolg‘on degan ne’matlardan bebahra yuravergan. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Антонимы:
  1. sodda
Синонимы: makkor
Комментарий: 1. Makr-hiylaga usta; ayyor, dogʻuli. 2. Makr-hiylaga asoslangan, makrli.
Пример: — Shunaqa makkorlik bilan ishlagan odam nima uchun bu shilta ishga ilashib qoldi? ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Антонимы:
  1. laqma
  2. sodda
Синонимы: dog`uli
Комментарий: Oʻta ayyor, makkor, mugʻambir, aldoqchi.
Пример: Tinch turarmi bu keksa olam, Tinch turarmi dogʻuli zamon. [A. Oripov, "Ruhim"]
Антонимы:
  1. sodda
  2. sodda dil
Синонимы: mo`ltoni
Комментарий: 1. esk. ayn.Loʻli. 2. koʻchma.Firibgar, muttaham.
Пример: Dunyo harom, deb turib, dunyo yiqqan moʻltonilarda samimiyat nima qilsin! [ S. Anorboyev, "Oqsoy"]
Антонимы:
  1. laqma
Синонимы: qilvir
Комментарий: Aldam-qaldam, qalb, nopok ish qiladigan; aldamchi, firibgar, qallob.
Пример: Boyning qilvir taroziboni ham ming xil nayranglar bilan har bir kanor paxtadan bir necha qadogʻini urib qolar edi.[M. Muhammadjonov, "Turmush urinishlari"]
Антонимы:
  1. sodda
  2. sodda dil