
aziyat
Синонимы: sitam
Комментарий: Jabr, jafo, zulm.
Пример: Ayni damda bu dunyoning dastlabki so‘qmog‘ida qoqilgan, hali hayotning past-baland ko‘chalari, alamlari, sitamlaridan bexabar juvon bilan yovuzlik dunyosidagi yantoqzorlarni yalangoyoq kezib katta bo‘lgan odam o‘rtasida g‘oyibona bitim tuzilayotgan edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Синонимы: azob
Комментарий: 1. Jismoniy yoki ruhiy qiynoq.
2. Ish-mehnat qiyinchiligi, mashaqqati.
Пример: Albatta, zolimlar (ya’ni kofirlar) uchun alamli azob bordir...». ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Антонимы:
Синонимы: jabr
Комментарий: Jismoniy yoki ruhiy azob; zulm, adolatsizlik.
Пример: Bu qadimiy shahar xalqi Chingizxon bilan mardona olishgan Temur Malik davridan beri mo‘g‘ul bosqinchilaridan ko‘p jabr ko‘rgan. ['Pirimqul Qodirov «Yulduzli tunlar» ']
Синонимы: jafo
Комментарий: Maʼnaviy, ruhiy va jismoniy ezilish, azob-uqubat, kulfat.
Пример: Bu «marhamat» uni azoblardan halos qilmay, balki bir umrlik jabru jafolarga hukm qilganini anglab yetdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Синонимы: ozor
Комментарий: Kimsaga yetgan, yetkazilgan jismoniy yoki ruhiy azob, jabr.
Пример: Nojo‘ya savol bilan erining diliga ozor yetkazishdan cho‘chirdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Синонимы: zahmat
Комментарий: 1. Ogʻir, mashaqqatli mehnat.
2. koʻchma.Kulfat, azob-uqubat, qiyinchilik.
Пример: Zahmat chekib, xirmon yaratibdi. ['Abdunabi Haydarov «Qo‘sh ustunimning biri » 2014']
Синонимы: alam
Комментарий: 1. Jismoniy qiynoq; azob, ogʻriq.
2. Ruhiy azob, iztirob.
3. Qasd, oʻch, qasos.
4. Gʻazab, nafrat; zahr.
Пример: — Arslonlar ichida yashasam ham alam qilmasdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Синонимы: iztirob
Комментарий: Ruhan ezilish, siqilish holati; ruhiy azob.
Пример: Bu safar tovushingizda hech qanday o‘kinch, iztirob sezilmadi. ['Go‘zaloy Solih qizi «Siz o‘shami? » 2014']
Синонимы: uqubat
Комментарий: Ruhiy yoki jismoniy azob, qiynoq, jafo.
Пример: Faqat uqubat uchun tug‘ilgan odam ham u kabi uqubat chekmasa kerak... ['Tohir Malik «Shaytanat 4-kitob» 1993']