Синонимы

Система работает в тестовом режиме

Print

azob

Синонимы: uqubat
Комментарий: Ruhiy yoki jismoniy azob, qiynoq, jafo.
Пример: Faqat uqubat uchun tug‘ilgan odam ham u kabi uqubat chekmasa kerak... Qoq suyak topgan it ham o‘zini baxtli his qilar balki.Tohir Malik «Shaytanat 4-kitob» 1993
Антонимы:
  1. huzur
  2. rohat
  3. farog'at
Комментарий: Qoʻli gul ijrochiga, oʻz kasbining ustasiga yaxshilik tilab aytiladigan ibora.
Пример: Bu nasiba sizga. Sara bugʻdoy. Qoʻlingiz dard koʻrmasin, ogʻa.S. Siyoyev, Avaz
Комментарий: Ruhiy azob, gʻam-gʻussa, alam-hasrat.
Пример: ening hech joyim ogʻrimaydi, faqat ishq dardim bor, uf! Hamza,Tuhmatchilar jazosi
Комментарий: koʻchma. Kishining borligʻini, butun fikri-yodini band etgan narsa, ish, tashvish, orzu, xayol va shu kabilar
Пример: Uning dardi — oʻyin. Biror narsa dardida yurmoq◆Shoirlik bu — ulkan dard. Shukrullo,Saylanma
Комментарий: koʻchma. Fikr-u xayol; armon, ezgu maqsad.
Пример: Uning [Atevning] qalbi hamisha xalq quvonchi, xalq dardi, hash orzu-hislari bilan yonib, olovlanib turadi.X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
Комментарий: koʻchma. Ishq, muhabbat.
Пример: Layli dardida choʻl kezib yurgan Majnunning iztiroblariga yoz holati mutanosib edi.Gazetadan
Синонимы: dard
Комментарий: Jismoniy azob; ogʻriq, kasallik.
Пример: U Jalilni chaqirtirishga chaqirtirib, gapni nimadan boshlashni bilmay garang o‘tirardi. U dardini faqat shu oshnasiga ayta olardi. Uni shuning uchun ham chaqirtirgan edi.Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989
Антонимы:
  1. rohat
  2. huzur
  3. farog'at
Синонимы: aziyat
Комментарий: 1. Ruhiy yoki jismoniy ezilish, ozor, azob.
Пример: Hozir tili boshqa, dili boshqalar davrasida aziyat chekyapsan. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Антонимы:
  1. rohat
Комментарий: 2. Zararli taʼsir, zarar-zahmat.
Пример: Ikki yil konda ishlagach, aybsiz ekani birdaniga ayon bo‘lib qolib uyiga qaytdi. U tuhmat azobidan aziyat chekmas edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Синонимы: jabr
Комментарий: Jismoniy yoki ruhiy azob; zulm, adolatsizlik.
Пример: Harom ishlar bandalardan pinhon tutilishi mumkin, ammo shayton yetaklab borayotgan bandaning har bir odimi o‘lchog‘li, har bir nojo‘ya qadami uchun jabr tortishi aniq. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Синонимы: jafo
Комментарий: Maʼnaviy, ruhiy va jismoniy ezilish, azob-uqubat, kulfat.
Пример: Qolaversa, Asadbekning qizi Zaynabning boshiga tushgan jafo toshi, abri balolar-chi? ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Синонимы: ozor
Комментарий: Kimsaga yetgan, yetkazilgan jismoniy yoki ruhiy azob, jabr.
Пример: Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff» dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi so‘z ayt. ['Tohir Malik «Shaytanat 4-kitob» 1993']
Синонимы: zahmat
Комментарий: 1. Ogʻir, mashaqqatli mehnat. 2. koʻchma. Kulfat, azob-uqubat, qiyinchilik.
Пример: Farzandlar shunchalar zahmat chekib, uqubatlar tortib tiklag‘on ulug‘ saltanatning, bobosining qadriga yetarmu ekanlar, yo‘qmi? ['Muhammad Ali «Sohibqiron oʻylari» ']
Антонимы:
  1. rohat
Синонимы: alam
Комментарий: 1. Jismoniy qiynoq; azob, ogʻriq. 2. Ruhiy azob, iztirob. 3. Qasd, oʻch, qasos. 4. Gʻazab, nafrat; zahr.
Пример: Sharif esa, o‘zining nazarida, alamlar tikonzori ustida tug‘ilib, tashvish choyshabiga yo‘rgaklangan. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Антонимы:
  1. huzur
Синонимы: iztirob
Комментарий: Ruhan ezilish, siqilish holati; ruhiy azob.
Пример: Uning bu jilmayishida xursandlik yoki quvlik emas, iztirob bor edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Синонимы: sitam
Комментарий: Jabr, jafo, zulm.
Пример: Ayni damda bu dunyoning dastlabki so‘qmog‘ida qoqilgan, hali hayotning past-baland ko‘chalari, alamlari, sitamlaridan bexabar juvon bilan yovuzlik dunyosidagi yantoqzorlarni yalangoyoq kezib katta bo‘lgan odam o‘rtasida g‘oyibona bitim tuzilayotgan edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']