Синонимы

Система работает в тестовом режиме

Print

aslo

Синонимы: hech
Комментарий: 1. Soʻroq olmoshlari, shuningdek, narsa, vaqt va boshqalar baʼzi soʻzlarga qoʻshilib, boʻlishsizlik olmoshlari hosil qiladi. Masalan, 2. yukl.Inkor bildiradi; yoʻq, aslo. 3. Yoʻq desa boʻladigan darajada, sira arzimaydigan darajada, yoʻqdek.
Пример: Hech gapga unamayapti-ku bu qaysaring. Shahar yaqinidan yap-yangi hovli olib berdim, mana, hajga to‘g‘rilab qog‘ozlarini keltirib o‘tiribman – qani, ko‘nsa! ["Erkin A'zam «Tanho qayiq» "]
Синонимы: asti
Комментарий: s. t.Aslo.
Пример: — Hay-hay, bo‘tam, asti bu gapni tilga olmang. ['Tohir Malik «Shaytanat 4-kitob» 1993']
Синонимы: sira
Комментарий: 1. Aslo, asti, mutlaqo, hech. 2. faqat boʻlishsiz feʼl bilan)(Hech qachon, hech vaqt. 3. faqat soʻroq gaplardaBiror marta, hech. 4. Muntazam, izchil qator; ketma-ketlik, tartib, navbat. 5. Saf, qator. 6. koʻchma. Qator, tarkib. 7. Fikrning, gapning asosiy mazmuni, mohiyati, magʻzi; gapning poʻskallasi.
Пример: Shuning uchun ham sira eskirmaydi. ['Abdunabi Haydarov «Qo‘sh ustunimning biri » 2014']
Синонимы: mutlaqo
Комментарий: 1. rvsh. Butunlay, tamomila, batamom. 2. yukl. Inkorni taʼkidlaydi; aslo, hech, sira.
Пример: U kishi boshqalarga mutlaqo o‘xshamasdilar. ['Abdunabi Haydarov «Qo‘sh ustunimning biri » 2014']
Синонимы: zinhor
Комментарий: rvsh.Aslo, sira, mutlaqo.
Пример: Unga «Zaynabni ayblama, u bokira edi, gunohkor sensan, tug‘ilajak bola valadi zinodir va uning gunohi ham sening bo‘yningda» deyilsa, aybni zinhor bo‘yniga olmas, «Men Noilam uchun qasos oldim», der. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Синонимы: butunlay
Комментарий: 1. Tamomila, tamoman, batamom. 2. Qatʼiyan, uzil-kesil. 3. (boʻlishsiz feʼllar bilan) Sira, aslo, hech.
Пример: Ko‘zlarimni yumarkanman, uyg‘onganimda sizni butunlay unutishga, hayotimda hech qachon bo‘lmaganingizga o‘zimni ishontirishga, tongda umuman boshqa inson bo‘lib uyg‘onishga o‘zimga so‘z berdim. ['Go‘zaloy Solih qizi «Siz o‘shami? » 2014']
Синонимы: hargiz
Комментарий: 1. kam qoʻll.Aslo, sira, hech 2. Butkul, butunlay.
Пример: Qayon borsa, davra to‘rini egalladi. Lekin hargiz taltayib ketmadi. ['Abdunabi Haydarov «Qo‘sh ustunimning biri » 2014']
Синонимы: taqir
Комментарий: 1. ot,Geogr. Qattiq qatqaloq bilan qoplangan yer. 2. sft.Giyoh oʻsmaydigan yoki deyarli oʻsmaydigan; yaydoq, yalangʻoch. 3. sft.Oʻt-oʻlansiz, oʻt-oʻlani yerdan koʻrinmaydigan (oʻsmagan) darajada. 4. sft.Sochi, juni, tuki yoʻq; tuksiz. 5. sft.Koʻchma Hech narsa toʻshalmagan; yalangʻoch. 6. rvsh.Sira, aslo; mutlaqo, butunlay. 7. Sira qoldirmasdan, tozalab, qirtishlab; tozalangan. 8. shv.Chala tugʻilgan chaqaloqning terisi.
Пример: Zaynab «Asadbekning qizi» bo‘lishi hargiz mumkin emasdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Синонимы: zarracha
Комментарий: 1. ayn.Zarra. 2. rvsh. vzf.Ozginagina, qittak, bir oz.
Пример: Qutlug‘ Nigor xonim ko‘z oldimizda bo‘lg‘usi buyuk shaxs va shoh – Bobur mirzoning oqila, tadbirli, yuksak mavqeli onasi sifatida namoyon Ahmad Tanbalday zulmkor, johil kimsaning qo‘lidan omon chiqqani, chiqqanda ham o‘z obro‘si va darajasiga zarracha putur yetkazmay qutulgani Qutlug‘ Nigor xonimning yuksak e’tiqodli, o‘zini anglagan ayol bo‘lganidan yaqqol darakdir. ['Pirimqul Qodirov «Yulduzli tunlar» ']
Синонимы: zig`ircha
Комментарий: ayn.Zigʻirday.
Пример: Birovga zigʻircha ozor bergan inson emasman. [Yu. Shomansur, "Qora marvarid"]