Синонимы

Система работает в тестовом режиме

Print

afzal

Синонимы: ortiq
Комментарий: 1. Belgili miqdordan, meʼyordan ziyod; oshiq, koʻp. 2. Meʼyoridan yoki keragidan oshiq, haddan tashqari. 3. chiqish kelishigi bilan, faqat qiyoslashdaZiyod, yaxshi, afzal, aʼlo. 4. Kuchli, zoʻr. 5. Boʻlib oʻtgandan, koʻrilgandan, kechirilgandan tashqari, undan oshiq. 6. Ortiqcha, behuda, oʻrinsiz.
Пример: Yaratgan egamning o‘zi adashgan bandasini tirnoqdan qissa, ustiga ustak, tuzalmas dardni berib qo‘ysa, bundan ortiq jazo qayda bor?.. ['Abdunabi Haydarov «Qo‘sh ustunimning biri » 2014']
Синонимы: ustun
Комментарий: 1. Tomni koʻtarib turuvchi tik tayanch yogʻoch. 2. arxit.Bino peshtoqi va shiftining asosiy tayanchi; kolonna. 3. Umuman, biror narsani koʻtarib turish, osib qoʻyish va shu kabilar uchun foydalaniladigan uzun tik yogʻoch yoki shu taxlitda ishlangan qurilma. 4. fiz.Havo bosimi yoki harorat oʻlchash asboblarining tik shisha naychasi ichidagi suyuqlik. 5. koʻchma. Ushlab, tutib, saqlab turuvchi shaxs; tayanch, suyanchiq.
Пример: Ko‘p hollarda ko‘ngil hukmi mulohazadan ustun turadi. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Синонимы: yuqori
Комментарий: 1. Biror narsaning eng ustki qismida joylashgan; tepadagi, balanddagi, ustki. 2. Binoning yoki biror inshootning ustki qavati; boloxona. 3. Biror yerga nisbatan baland oʻrnashgan joylar; baland tomon; balandlik. 4. Yer, shaxs yoki narsa ustidagi boʻshliq; tepa. 5. Xonaning eshikka nisbatan qarama-qarshi tomoni; odatda hurmatli kishilar oʻtiradigan tomoni; toʻr. 6. Miqdor, sifat va shu kabilar jihatdan meʼyordan, mavjud holatdan ortiq, ortiq darajali. 7. Nisbatan ustun. 8. s. t.Vazifa, mavqe va shu kabilar jihatdan yuqori, yetakchi boʻlgan (tashkilot, organ va boshqalar). 9. Oʻquvchilari oʻqish muddatini bitirishga yaqinlashib qolgan, oʻqish muddatining soʻnggi yillaridagi (sinf, kurs va shu kabilar haqida). 10. (oʻrin-payt kelishigi shaklida — yuqorida). Voqealar bayonining old (yuqori) qismida.
Пример: Asadbeklar haqida so‘z ketguday bo‘lsa, mayor Solievning unga hamisha yuqori baho berishi bejiz emasdir. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Антонимы:
  1. past
Синонимы: a`lo
Комментарий: 1. Sifati, fazilati va sh.k. jihatidan eng yuqori; asil. 2. Oʻquv yurtlarida: besh balli tizimda eng yuqori baho. 3. Aʼlo (erkaklar va ayollar ismi).
Пример: Shu topda unga Zebidan ko'ra qo'lidagi qumg'on a'lo tuyulib To'gayning aylana joyidan Jannat xola bir quchoq ildiz orqalab chiqdi. ['Said Ahmad «Ufq» ']