Синонимы

Система работает в тестовом режиме

Print

asil

Синонимы: sara
Комментарий: Eng yaxshi, aʼlo, sarxil, tanlangan.
Пример: Yangi yil kechasi uning eng sara, eng sodiq to‘rt yigiti uchun ham harom edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Синонимы: sarxil
Комментарий: Eng yaxshilaridan terilgan, sara.
Пример: Bogʻda esa sarxil mevalar pishib, bol tomib yotganmish. [H. Karimov, "Sanʼat sehri"]
Синонимы: xil
Комментарий: Biror narsaning navi, turi; zot, jins.
Пример: Otdan tushsa ham egardan tushmaydigan xili esa, «meni izzat qilishga majburlar», deb yo‘nilmagan tayoqday o‘tiraveradi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Синонимы: mumtoz
Комментарий: 1. kt.Biror fazilati, yaxshi tomoni bilan boshqalardan ajralib turadigan, afzalliklarga ega boʻlgan; yetuk, sara. 2. Muayyan millat va jahon fani, sanʼati, adabiyotida muhim oʻrin tutadigan, millatning shon-shuhrati va faxri hisoblangan; klassik. 3. Mumtoz (erkaklar ismi).
Пример: Zero, ushbu adabiy turning yuzaga kelishida o‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodining ta’siri bilan bir qatorda dunyo adabiyotining yetakchi dramatik an’analari ham katta ahamiyat kasb etdi. ["Erkin A'zam «Tanho qayiq» "]
Синонимы: poshshaxon
Комментарий: 1. Xotin-qizlarga murojaatda hurmat yoki erkalatishni bildiradi. 2. s. t.Eng yaxshi, sara.
Пример: Elmurod ham yigitlarning poshshaxoni-da! Mayli, ikkovi qovushsin. [Shuhrat, "Shinelli yillar"]