Synonyms

The system is working in test mode

Print

aytmaslik

Synonyms: yashirmoq
Comment: 1. Birov bilmaydigan, koʻrmaydigan yoki topa olmaydigan joyga qoʻymoq, berkitib qoʻymoq. 2. Koʻrinmaydigan holatga olmoq; pana qilmoq, berkitmoq. 3. koʻchma. Maxfiy saqlamoq, sir tutmoq.
Example: Asadbek yuragidagi zardobni yashirishga qanchalik urinmasin, Mahmud uning vujudida uyg‘ongan g‘alayon o‘tini allaqachon sezgan. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Antonyms:
  1. oshkor qilmoq
Synonyms: bekitmoq
Comment: 1. Yopiq (berk) holga keltirmoq; ochiq yoki ochilib-yopiladigan joyni mahkamlamoq, yopmoq. 2. Ustini, atrofini oʻrab (qoplab, toʻsib) olmoq; koʻrinmaydigan qilib yopmoq, panalamoq. 3. Kimsa bilmaydigan qilib koʻzdan yoʻqotmoq; yashirmoq. 4. Sir tutmoq; saqlamoq, yashirmoq. 5. Toʻsib yoki taqiqlab oʻtkazmay qoʻymoq, yopmoq; mahkamlab toʻxtatmoq. 6. koʻchmaIshi, faoliyatini toʻxtatmoq yoki tamom qilmoq. 7. Bukib yoki yopib, yigʻiq holatga keltirmoq (ochilib-yopiladigan, buklanadigan narsalar haqida).
Example: Ammo nima uchun shu paytgacha bunday muhim narsalardan xabarim yo‘qligi birdan xayolimdan o‘tdi-yu, ichimdan otilib chiqayotgan zavqni bekitish uchun qovog‘imni solib — Men bora olmasam kerak, — dedim, uning qiziqarli hayotiga havasim kelsa ham yasama behafsalalik bilan. ['Nazokat Azim «Tengsizlik» 2010']
Antonyms:
  1. ochmoq