Synonyms

The system is working in test mode

Print

aytishmoq

Synonyms: janjallashmoq
Comment: Janjal qilmoq, aytishmoq, san-manga bormoq.
Example: Ko‘chada janjallashib qolishganida «qarab tur, o‘ldiraman seni» deb ko‘p marta aytishgan. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Synonyms: koyishmoq
Comment: 1. Tanbehlovchi gap, soʻz aytmoq, tanbeh bermoq, urishib qoʻymoq. 2. yn.A koyinmoq. 3. kam qoʻll.Biror narsa tayyorlash uchun urinmoq, ovora boʻlmoq.
Example: Boshqa sharoit bo‘lganida Jalil «Onangnikiga shoshasanmi?» deb koyishi mumkin edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Synonyms: mojarolashmoq
Comment: Kelishmovchilik orqasida aytishib qolmoq, janjallashmoq.
Example: Baxtli bo‘lishimga baxtsizlik asqotadi, deganlaridek, Xudo bu bandasining yumuq ko‘zlarini ochmoq uchun atayin qamoq mojarosiga ro‘para qilganday edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Synonyms: urishmoq
Comment: 1. Urmoq feʼlining birgalik nisbati. 2. Yoqalashmoq, olishmoq. 3. Yomon, haqoratli soʻzlar bilan bir-birini koyimoq, bir-biri bilan aytishmoq. 4. Nasihatomuz, qattiq gap-soʻz aytmoq; koyimoq. 5. Jang qilmoq, jangda qatnashmoq.
Example: Ammo xotini ro‘parasida o‘tirar ekan, xuddi urishib qolganday og‘ziga talqon solvolmaydiku. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Antonyms:
  1. yarashmoq
Synonyms: qizarishmoq
Comment: 1. Qizarmoq feʼlining birgalik nisbati. 2. San-u manga bormoq; aytishmoq, achchiqlashmoq.
Example: Islomxoʻja Shernazarboy bilan qizarishib oldi.[J. Sharipov, "Xorazm"]
Synonyms: olishmoq
Comment: 1. Olmoq feʼlining birgalik nisbati. Fikr olishmoq. 2. Urishmoq, kurashmoq, jang qilmoq; mushtlashmoq. 3. koʻchmaBiron-bir toʻsiqni yengish, uni bartaraf etish maqsadida tinimsiz harakat qilmoq. 4. koʻchmaBahslashmoq, haq-huquq talashmoq, tortishmoq; bir-birini yengish uchun tirishmoq.
Example: G‘animlari bilan har kun, har soat olishuvchi, har daqiqa biror falokat ro‘y berishi mumkinligini hisobda tutib yashovchi odam noxush damlarda tez fikrlash, tez xulosa chiqarishga odatlanadi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']