Synonyms

The system is working in test mode

Print

ayriliq

Synonyms: judolik
Comment: Yaqin kishilardan ayrilish; ayriliq, hijron.
Example: Garchi otasidan juda erta, xotini va farzand­ laridan fojiali tarzda ayrilgan bo'lsa-da, ulardan yodgor, judolik taftini bosib turadigan qishlog'i, maktabi hamda qorabayir oti unga madad. ['Shukur Xolmirzayev «Omon ovchining o`limi» ']
Synonyms: hijron
Comment: poet.Ayriliq, judolik, firoq.
Example: Shorasul aka har yili farzand ko‘rardi-yu, biroq, unga baxt va’da qilib dunyoga kelgan go‘dak bir-ikki oygina yashab, ota-onasini hijron oloviga tashlab ketardi. ['Tohir Malik «Shaytanat 4-kitob» 1993']
Synonyms: hajr
Comment: Ayriliq holati; judolik, hijron.
Example: Umrimiz xalos bo‘lgach, ustimizga Vatan hajri kafanini yopajaklar,— u shunday deb soatiga qarab olgach, o‘rnidan turdi-da, boshini kiborlarcha egib ta’zim qildi. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Synonyms: firoq
Comment: 1. Eng yaqin, sevimli kishidan judo boʻlish, ayrilish va bu tufayli tortiladigan ruhiy azob; ayriliq, judolik, hijron. 2. Injiqlik, erkalik; tantiqlik, noz-u istigʻno. 3. Jahl, zarda.
Example: Bu voqeadan bir yil o‘tib, O‘zbekistonning pokiza osmonida ozodlik bayrog‘i hilpiradi... AYTAR SO‘ZIMIZNING INTIHOSI Vasl tugab, firoqqa yetishildi. ['Tohir Malik «Shaytanat 4-kitob» 1993']