
aylanay
Synonyms: aylansin
Comment: 1. Oʻz oʻqi yoki biror narsa tevaragida harakat qilmoq, aylana boʻylab davra olib yurmoq.
2. Sayr-tomosha yoki boshqa maqsadda kezmoq.
3. Biror yerda yoki doirada oʻralashib yurmoq; aylanishmoq.
4. iqt.Muomalada boʻlmoq, yurmoq.
5. Boshqa narsaga, boshqa holatga oʻtmoq.
6. (ayrim soʻzlar bilan) Tusini kasb etmoq, shunday boʻlmoq.
Example: Umidi singan tarzda iziga qaytay deganida Oysanamning «Kim?» degan tovushini eshitib, ko‘ngli yayrab ketdi-yu, ichida «ovozingdan akaginang aylansin!» deb qo‘ydi. ['Tohir Malik «Shaytanat 4-kitob» 1993']
Synonyms: o`rgilay
Comment: 1. Yuksak hurmat, sadoqat va sevgi tufayli butun borligʻini baxsh etmoq, fido qilmoq, qurbon qilmoq.
2. (buyruq mayli shaklida —Oʻrgilay, oʻrgilsin) Nihoyatda yoqtirish, mehribonlikni ifodalaydi.
3. 1-shaxs birlik shakli(— oʻrgildim) Yoqtirmaslik, eʼtiroz kabi munosabatni ifodalaydi.
Example: Oyogʻingga nima qildi? Kir, kir tezroq! Bu yoqqa, oʻrgilay. [ A.Qahhor, Asarlar]
Synonyms: girgitton
Comment: x.-q.Erkalash yoki hurmat bildiruvchi murojaat shakli; maʼno va vazifasi jihatidan “aylanay“, oʻrgilay soʻzlariga toʻgʻri keladi.
Example: Voy, quloqlaringning qimirlashiga o‘zginam girgitton bo‘lay! ['Gʻafur Gʻulom «Shum bola» 1965']
Synonyms: qoqindiq
Comment: 1. etn.Qoqim qilib davolashda bemorning badaniga urib, boshidan aylantirib sadaqa qilinadigan yoki qoqimchi olib ketadigan narsa, sadaqa.
2. x.q.Jonim tasadduq, sadaqang boʻlay.
Example: Keyin uchta cho‘pni chiqarib yoqdi-da, Zaynabning boshi uzra aylantirib, og‘ziga yaqin tutdi: — Puflab o‘chiring, qoqindiq. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']