Synonyms

The system is working in test mode

Print

ayyor

Synonyms: hiylagar
Comment: ayn.Hiylakor.
Example: qurii... quu...» deb qichqirub: Aql egasi hiylaga aldanmagay, Hiylagarning hiylasi boshin yegay. ['Abdulla Avloniy «Xurus ila Boʻri» ']
Antonyms:
  1. laqma
  2. bo`sh
Synonyms: quv
Comment: 1. Makr-hiylaga usta; ichidan pishgan; mugʻambir, ayyor. 2. Quvlik ifodalovchi; ayyorlik ifodali; ayyorona.
Example: Shunaqa do‘xtir bo‘lsa birga boraylik, — dedi Anvar quvlik bilan, — suyakli tilingizni sal yumshatib bersin. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Antonyms:
  1. laqma
Synonyms: ustomon
Comment: Juda ustalik, mugʻambirlik, hiylakorlik bilan muomala qiladigan; ayyor, hiylagar, makkor.
Example: Xudo uni yaratishga yaratib, so‘ng unutib qo‘yganmi, har holda shundaygina yaralganicha qolavergan — ustomonlik, hiyla, makr, yolg‘on degan ne’matlardan bebahra yuravergan. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Antonyms:
  1. sodda
Synonyms: makkor
Comment: 1. Makr-hiylaga usta; ayyor, dogʻuli. 2. Makr-hiylaga asoslangan, makrli.
Example: — Shunaqa makkorlik bilan ishlagan odam nima uchun bu shilta ishga ilashib qoldi? ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Antonyms:
  1. laqma
  2. sodda
Synonyms: dog`uli
Comment: Oʻta ayyor, makkor, mugʻambir, aldoqchi.
Example: Tinch turarmi bu keksa olam, Tinch turarmi dogʻuli zamon. [A. Oripov, "Ruhim"]
Antonyms:
  1. sodda dil
  2. sodda
Synonyms: mo`ltoni
Comment: 1. esk. ayn.Loʻli. 2. koʻchma.Firibgar, muttaham.
Example: Dunyo harom, deb turib, dunyo yiqqan moʻltonilarda samimiyat nima qilsin! [ S. Anorboyev, "Oqsoy"]
Antonyms:
  1. laqma
Synonyms: qilvir
Comment: Aldam-qaldam, qalb, nopok ish qiladigan; aldamchi, firibgar, qallob.
Example: Boyning qilvir taroziboni ham ming xil nayranglar bilan har bir kanor paxtadan bir necha qadogʻini urib qolar edi.[M. Muhammadjonov, "Turmush urinishlari"]
Antonyms:
  1. sodda dil
  2. sodda