
afzal
Synonyms: ortiq
Comment: 1. Belgili miqdordan, meʼyordan ziyod; oshiq, koʻp.
2. Meʼyoridan yoki keragidan oshiq, haddan tashqari.
3. chiqish kelishigi bilan, faqat qiyoslashdaZiyod, yaxshi, afzal, aʼlo.
4. Kuchli, zoʻr.
5. Boʻlib oʻtgandan, koʻrilgandan, kechirilgandan tashqari, undan oshiq.
6. Ortiqcha, behuda, oʻrinsiz.
Example: Yaratgan egamning o‘zi adashgan bandasini tirnoqdan qissa, ustiga ustak, tuzalmas dardni berib qo‘ysa, bundan ortiq jazo qayda bor?.. ['Abdunabi Haydarov «Qo‘sh ustunimning biri » 2014']
Synonyms: ustun
Comment: 1. Tomni koʻtarib turuvchi tik tayanch yogʻoch.
2. arxit.Bino peshtoqi va shiftining asosiy tayanchi; kolonna.
3. Umuman, biror narsani koʻtarib turish, osib qoʻyish va shu kabilar uchun foydalaniladigan uzun tik yogʻoch yoki shu taxlitda ishlangan qurilma.
4. fiz.Havo bosimi yoki harorat oʻlchash asboblarining tik shisha naychasi ichidagi suyuqlik.
5. koʻchma. Ushlab, tutib, saqlab turuvchi shaxs; tayanch, suyanchiq.
Example: Ko‘p hollarda ko‘ngil hukmi mulohazadan ustun turadi. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Synonyms: yuqori
Comment: 1. Biror narsaning eng ustki qismida joylashgan; tepadagi, balanddagi, ustki.
2. Binoning yoki biror inshootning ustki qavati; boloxona.
3. Biror yerga nisbatan baland oʻrnashgan joylar; baland tomon; balandlik.
4. Yer, shaxs yoki narsa ustidagi boʻshliq; tepa.
5. Xonaning eshikka nisbatan qarama-qarshi tomoni; odatda hurmatli kishilar oʻtiradigan tomoni; toʻr.
6. Miqdor, sifat va shu kabilar jihatdan meʼyordan, mavjud holatdan ortiq, ortiq darajali.
7. Nisbatan ustun.
8. s. t.Vazifa, mavqe va shu kabilar jihatdan yuqori, yetakchi boʻlgan (tashkilot, organ va boshqalar).
9. Oʻquvchilari oʻqish muddatini bitirishga yaqinlashib qolgan, oʻqish muddatining soʻnggi yillaridagi (sinf, kurs va shu kabilar haqida).
10. (oʻrin-payt kelishigi shaklida — yuqorida). Voqealar bayonining old (yuqori) qismida.
Example: Asadbeklar haqida so‘z ketguday bo‘lsa, mayor Solievning unga hamisha yuqori baho berishi bejiz emasdir. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Antonyms:
Synonyms: a`lo
Comment: 1. Sifati, fazilati va sh.k. jihatidan eng yuqori; asil.
2. Oʻquv yurtlarida: besh balli tizimda eng yuqori baho.
3. Aʼlo (erkaklar va ayollar ismi).
Example: Shu topda unga Zebidan ko'ra qo'lidagi qumg'on a'lo tuyulib To'gayning aylana joyidan Jannat xola bir quchoq ildiz orqalab chiqdi. ['Said Ahmad «Ufq» ']