
ahvol
Synonyms: holat
Comment: 1. Yuzaga kelgan, mavjud boʻlgan vaziyat, ahvol.
2. Jismoniy yoki ruhiy jihatdan boʻlgan ifoda, koʻrinish; qiyofa, avzo.
3. shv.Kuch-quvvat, darmon, mador; qudrat.
Example: Mana shu holat, shu nigoh ta’qibi Elchin uchun oliy jazodan battar edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Synonyms: hol
Comment: 1. Hayotdagi muayyan bir holat, vaziyat; ahvol.
2. Kimsa yoki narsa jismida yuzaga kelgan muayyan holat.
3. Kishining jismoniy va ruhiy jihatdan oʻzini sezishi; jismoniy va ruhiy holat; kayfiyat, avzo, koʻrinish.
4. oʻ.-p. k.(shaklida — holda) Holat bildiruvchi (gʻamgin, maʼyus kabi) baʼzi soʻzlar, shuningdek, -gan affiksli feʼl bilan qoʻllanib, biror harakat-holatning shu soʻz bildirgan holatda yuz berishi, bajarilishini bildiradi.
5. Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanib, ruhiy yoki jismoniy imkoniyat, kuch-quvvat maʼnosini bildiradi.
6. tlsh.Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilish sababi, maqsadi, oʻrni, payti va shu kabilar belgilarini bildiradigan ikkinchi darajali boʻlak. Qanday belgini bildirishiga koʻra holning
Example: Bu xushxabar uning tugab borayotgan umriga umr ulagan edi. Bu hol shamning o‘chish oldidan bir lop etishiga — Ukalaringni, singillaringni chaqir! ['Said Ahmad «Qorako‘z majnun» 1999']
Synonyms: kepata
Comment: ayn. Hol, ahvol, holat.
Example: Uy tomondan sado bo‘lmagach, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan odam kepatasida ko‘chaga chiqdilar. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']