
agar
Synonyms: mabodo
Comment: 1. yukl.Shart ergash gapli qoʻshma gaplarda shart gapga oid ehtimollik, aniq emaslik maʼnosini bildiradi, qayd etadi; agarda, bordi-yu.
2. mod. s.Aniq emaslik, ehtimollik maʼnosini bildiradi.
Example: Mabodo bir kun ajalim yetib, suv kelganini ko‘rmay ketar bo‘lsam, aytib qo‘yay, jasadimni qayiqqa solib, Orolga eltib tashlaysan! ["Erkin A'zam «Tanho qayiq» "]
Synonyms: bordi-yu
Comment: shart. bogʻl., s.t.Mabodo, agar, basharti.
Example: Bordi-yu, sizni ranjitgan bo‘sa, Xudoga soling. Har kimdi savobu gunohi o‘zi bilan. ['Abdunabi Haydarov «Qo‘sh ustunimning biri » 2014']
Synonyms: magar
Comment: 1. bogʻl. esk. kt.Soʻroq, taajjub, tasdiq bildiradi.
2. Faqat, yolgʻiz.
3. ayn.Agar.
Example: Bul ishlar bo‘lmas, magar pul ila, sizdek katta boylar himmati ila, chunonchi, Qafkaz, Orenburg va Qozon musulmonlarini boy va ahli xayriyoti ilm yo‘liga ko‘p pullar sarf etarlar va kambag‘al bolalarini o‘qutdirarlar.
['Mahmudxoʻja Behbudiy «Padarkush» 1911']
Synonyms: basharti
Comment: shart bogʻl.Shart ergash gapli qushma gaplarda ergash gapni bosh gapga bogʻlash uchun xizmat qiladi va shart maʼnosini kuchaytiradi; vazifasiga koʻra “agar“, “agar-da“, “mabodo“, “bordi-yu, magar soʻzlariga toʻgʻri keladi.
Example: Basharti shu masnaddan bosh tortsam, menga ishonchsizlik tug‘ulishi shubhasiz edi. ['Abdulla Qodiriy «Mehrobdan Chayon» ']