
aql
Synonyms: es
Comment: 1. Odamning bilish, fikr yuritish qobiliyati; aql, ong, miya.
2. Yodda saqlash, qayta tiklash qobiliyati; yod, xotira.
Example: Bizlarni unutsang unut, orolni esdan chiqarma, tashqaridan o`tagan maxsumning dag‘dag‘ali ovozi eshitiladi: Amet tag‘in barchaga bir-bir xomush bosh silkib chiqadi-da, shalvirabgina chetan eshik tomon yuradi. ["Erkin A'zam «Tanho qayiq» "]
Synonyms: miya
Comment: 1. Odam va baʼzi hayvonlar nerv sistemasining markaziy boʻlimi; odamda — tafakkur aʼzosi.
2. Odam va umurtqali hayvonlar suyagi boʻshliqlarini toʻldirib turuvchi toʻqima (koʻmik).
3. Koʻchma. Aql, ong.
4. s. t.Boshning qoq tepasi; bosh, kalla.
Example: Elchin umrida o‘qilonni ko‘rmagan, biroq, o‘zi kichkina bo‘lgan bu ilon o‘qday uchib yuradi, odamga duch kelsa tovonidan teshib, miyasidan chiqadi, deb eshitgandi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Synonyms: bosh
Comment: 1. Tananing boʻyindan yuqorigi, oldingi (odamda, hayvonlarda) qismi; kalla.
2. koʻchma.Aql-hush, miya.
3. Boshliq, rahbar.
4. sft.Lavozim, mansab jihatdan katta, yuqori turuvchi.
5. Ulkan, katta, asosiy.
6. sft.Eng muhim, asosiy, yetakchi.
7. sft.Eng oldingi, birinchi.
8. koʻchma s.t.Odam, kishi.
9. (sanoq sonlar bilan) Chorva hisobida har bir adad jonivor.
10. Tik narsalarning tepa qismi, uchi, choʻqqisi.
11. Biror marosim, tadbir, voqea-hodisaning roʻy berish, amalga oshish jarayonidagi dastlabki bosqich.
12. Yon, old, tomon.
13. Oʻrin, karavot va shu kabilarning bosh qoʻyiladigan yuqori tomoni; shunday oʻrinda yotgan kishining beldan yuqori tomonidagi joy.
14. Baʼzi otlar bilan birikib, shu ot orqali ifodalangan narsaning oʻzini yoki u oʻrnashgan joyni, yon-atrofini bildiradi.
15. Choʻziq, davomli, boʻyli narsalar, joy, maydonlarning boshlanish joyi yoki oxiri, etagi; shunday narsalarning ikki uchidan, chekkasidan, tomonidan biri.
16. Voqea, hodisaning, biror muddat yoki faslning, asar, matn va shu kabilarning boshlanish joyi, payti, avvali, muqaddimasi.
17. Voqea, hodisa va shu kabilarning boshlanishi uchun bahona boʻlgan narsa, dastlabki sabab.
18. Baʼzi oʻsimliklarning kalla yoki chochoq shaklidagi hosili, mevasi.
19. (sanoq sonlar bilan) Karra, hisob.
20. 3-shaxs egalik va joʻnalish kelishik, oʻrin-payt kelishik, chiqish kelishik affikslari bilan koʻmakchi vazifasida qoʻllanadi (boshiga, boshida, boshidan).
Example: – Shunga-a boshim ja-a qotib turibdi-da, yanga! ['Abdunabi Haydarov «Qo‘sh ustunimning biri » 2014']
Synonyms: kalla
Comment: 1. Jonivorlarning boshi (odatda, chorva mollarining boshi haqida).
2. Soʻyilgan chorvaning boshi (xom yoki pishirilgan).
3. s. t.Odam gavdasining yuqori qismi, boshi.
4. Boshi katta kishi ismiga laqab sifatida qoʻshib ishlatiladi.
5. s. t.Koʻchma Aql, miya.
6. s. t.Koʻchma “Nodon”, ahmoq, kallavaram kabi maʼnolarda ishlatiladigan undalma.
Example: Birovga so‘z bermaysan-u, shunaqa narsalarga kelganda kallang ishlamay qoladi, xom oshqovoq! Jalil unga qarab jilmaydi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']