
ashqol-dashqol
Synonyms: lash-lush
Comment: 1. s. t.Har xil mayda-chuyda narsalar.
2. s. t.Soʻyilgan qoʻy yoki molning kalla-pochalari, ichak-chovoqlari va shu kabilar
Example: Lash-lushlaringni yig‘ishtiru men bilan birga ket. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Synonyms: laq-luq
Comment: kam qoʻll. ayn.Lash-lush.
Example: Asalari uyalari va boshqa laq-luqlarni yigʻishtiraveringlar, Toshkentga koʻchamiz. ["Mushtum"]
Synonyms: qaqir-ququr
Comment: Har xil mayda-chuyda narsalar; ashqol-dashqol, lash-lush.
Example: Bu mashina, aravalarga tirband qilib allaqanday qaqir-ququrlar ortilgan edi. [H. Nazir, "Soʻnmas chaqmoqlar"]
Synonyms: mayda-chuyda
Comment: 1. Turli-tuman va mayda.
2. Arzimas, ahamiyatsiz.
3. s. t.Mayda buyumlar, u-bu narsalar.
Example: O‘zi mayda-chuyda gaplarga aralashmasdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']