
afsuslanmoq
Synonyms: achinmoq
Comment: 1. Rahm, kuyinish hissini tuymoq; kuyinmoq.
2. Afsus aralash ranjimoq, xafa boʻlmoq, oʻkinmoq.
Example: Hozir ovuldagilar uni achinish bilan eslashayotgandir. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Synonyms: afsus qilmoq
Comment: ayn. Afsuslanmoq.
Example: Keyin afsus qilganingning foydasi yo‘q, Malika. ['Akbar Mirzo «So‘nggi chora » 2011']
Synonyms: kuymoq
Comment: 1. Alanga chiqarmay yonmoq.
2. Umuman, oʻt-olov olmoq; yonmoq; yonib ishdan chiqmoq.
3. Ortiq darajada qizib (erib), ishdan chiqmoq (elektr asboblar haqida).
4. Ortiq darajada isib-qizimoq; harorati koʻtarilmoq.
5. Oʻt-olov yoki kuydiradigan narsa taʼsirida zararlanmoq, jarohatlanmoq (tirik organizm haqida).
6. Quyosh issigʻi taʼsirida qurib-qovjirab ketmoq, nobud boʻlmoq (oʻsimliklar haqida).
7. koʻchma.Bekor boʻlmoq, behuda ketmoq; ajrab qolmoq.
8. koʻchma.Biron kimsa yoki narsadan zarar-ziyon koʻrmoq, yolchimay aziyat chekmoq.
9. s. t.Xarj boʻlmoq, puli ketmoq.
10. koʻchma.Alam qilmoq, alam qilib boʻgʻilmoq; qattiq xafa boʻlmoq, gʻam-alam chekmoq.
11. koʻchma.Qaygʻurmoq; achinmoq.
12. Alam-iztirob chekmoq.
Example: Boshliqning asl qiyofasi qaysi — hozir jonli odamday kuyib gapirishimi yo avvalgi temir odamday tersligimi — Zohid farqlamay qoldi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Synonyms: kuyinmoq
Comment: 1. Qattiq achinmoq; tashvish tortmoq; xafa boʻlmoq.
2. Ayash, achinish, gʻamxoʻrlik bilan qaygʻurmoq.
Example: Onasi-ku unga kuyganidan aytardi. Boshliqchi? Nahot, Zohidning taqdiriga u ham kuyinsa? ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']