
achinmoq
Synonyms: afsuslanmoq
Comment: 1. Pushaymon qilmoq, pushaymon yemoq.
2. Dili ogʻrimoq; oʻkinmoq.
Example: Chegaradan hatlashga hatladi-yu, so‘ng afsuslanib, mum tishladi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Synonyms: afsus qilmoq
Comment: 1. Pushaymon qilmoq, pushaymon yemoq.
2. Dili ogʻrimoq; oʻkinmoq.
Example: Buning uchun chindan ham afsus qilish kerak va bu xatoni tuzatish shart, — dedi Valya kulib. ['Tohir Malik «Shaytanat 2-kitob» 1991']
Synonyms: kuymoq
Comment: 1. Alanga chiqarmay yonmoq.
2. Umuman, oʻt-olov olmoq; yonmoq; yonib ishdan chiqmoq.
3. Ortiq darajada qizib (erib), ishdan chiqmoq (elektr asboblar haqida).
4. Ortiq darajada isib-qizimoq; harorati koʻtarilmoq.
5. Oʻt-olov yoki kuydiradigan narsa taʼsirida zararlanmoq, jarohatlanmoq (tirik organizm haqida).
6. Quyosh issigʻi taʼsirida qurib-qovjirab ketmoq, nobud boʻlmoq (oʻsimliklar haqida).
7. koʻchma.Bekor boʻlmoq, behuda ketmoq; ajrab qolmoq.
8. koʻchma.Biron kimsa yoki narsadan zarar-ziyon koʻrmoq, yolchimay aziyat chekmoq.
9. s. t.Xarj boʻlmoq, puli ketmoq.
10. koʻchma.Alam qilmoq, alam qilib boʻgʻilmoq; qattiq xafa boʻlmoq, gʻam-alam chekmoq.
11. koʻchma.Qaygʻurmoq; achinmoq.
12. Alam-iztirob chekmoq.
Example: Men pulga kuyishni istamayman, domla puldan quruq qolishni xohlamaydi. ['Tohir Malik «Shaytanat 3-kitob» 1992']
Synonyms: kuyinmoq
Comment: 1. Qattiq achinmoq; tashvish tortmoq; xafa boʻlmoq.
2. Ayash, achinish, gʻamxoʻrlik bilan qaygʻurmoq.
Example: Uning tarixni buzib talqin etilayotganidan kuyinishlari, pichingli gaplari, zamonni turli maxluqlarga o‘xshatishi Zohidni hayron qoldirgan edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']