Synonyms

The system is working in test mode

Print

atroflicha

Synonyms: har tomonlama
Comment: ayn. Atroflicha
Example: Boshda aytdim-ku, biz ishni har tomonlama puxta-batafsil o‘rgandik. ['Abdunabi Haydarov «Qo‘sh ustunimning biri » 2014']
Synonyms: batafsil
Comment: ayn. Atroflicha
Example: Jamshid safari haqida batafsil ma’lumot bergach, afg‘onda halok bo‘lganlarning qabrlarini ziyorat qilib qaytganini ham aytdi. ['Tohir Malik «Shaytanat 4-kitob» 1993']
Synonyms: mufassal
Comment: Butun tafsiloti, mayda-chuydasi, ikir-chikirigacha qamrab olgan; toʻliq, batafsil.
Example: Voqeaning qanday ro‘y berganligini mufassal o‘rgandi. ['Oybek «Navoiy» 1944']
Synonyms: mukammal
Comment: 1. Har jihatdan toʻliq, kamchiligi yoʻq; raso, but. 2. Takomillashgan, kamolotga erishgan; yetuk.
Example: Borib qarasalarki, Talxa hazratlari ham mukammal qurollangan hollarida tayyor turibdilar ekan. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Synonyms: to`la
Comment: 1. Butun hajmi, sigʻimi egallangan, band boʻlgan. 2. koʻchma. His-tuygʻu, kuch-quvvat va shu kabilarga toʻlgan, toshgan. 3. Yetishmagan yeri, qismi, kam-koʻsti yoʻq; mukammal, raso, toʻliq, but. 4. Jussasi yoki biror aʼzosi boʻliq etli, semiz. 5. Toʻla (erkaklar ismi).
Example: Elmurod uning roʻparasiga keldi va zahar toʻla ovoz bilan soʻradi. [P. Tursun, "Oʻqituvchi"]
Synonyms: to`liq
Comment: 1. Toʻlgan, toʻldirilgan, toʻla. 2. Bekam-koʻst, mukammal, toʻla.
Example: Agar u Birinchi jahon urushi yillarida bolaligiga borib, ning butun dahshati va asoratlarini to'liq his qila olmagan bo'lsa, yangi urushni va uni qo'zg'aganlami ijodkor o'zining shaxsiy, ashaddiy dushmani deb bildi. ['G`afur G`ulom «Sog`inish» ']