
ataylab
Synonyms: atay
Comment: ayn.Atayin.
Example: — Bu ishga Asadbek aralashganini bilmasang indamay chiqarding. Men atay aytdim. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Synonyms: atayin
Comment: 1. Maxsus ravishda, alohida bir maqsad bilan.
2. Maxsus holda, joʻrttaga.
Example: Asadbek uning roziligini anglagan bo‘lsa ham, atayin gapni aylantirdi: — Nimaga rozisan? Orzubek «meni kalaka qilyaptimi yo esidan chiqqanmi?» deb kalovlandi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Synonyms: jo`rttaga
Comment: rvsh.Ongli ravishda, atayin, ataylab, qasddan.
Example: Qudrat joʻrttaga baqaloq gavdasini qimirlatmay turardi. [H. Nazir, "Soʻnmas chaqmoqlar"]
Synonyms: jo`rtta
Comment: rvsh.Ongli ravishda, atayin, ataylab, qasddan.
Example: Axmad joʻrttaga sakrab oʻrnidan turdi. [F. Musajonov, "Himmat"]
Synonyms: maxsus
Comment: 1. Biror ish yoki narsaga xos boʻlgan, biror ish yoki maqsad uchun belgilangan.
2. Ataylab, alohida maqsad bilan.
3. Biror ixtisosga mansub boʻlgan, ixtisoslash(tiril)gan.
Example: Odatda, eng noyob hayvon, qush va o‘simlik turlari- ning yo‘qolib ketmasligi uchun maxsus qo‘riqxonalar tashkil etiladi. ['Abdulla Oripov «Qoʻriqxona» ']