Synonyms

The system is working in test mode

Print

asil

Synonyms: sara
Comment: Eng yaxshi, aʼlo, sarxil, tanlangan.
Example: Yangi yil kechasi uning eng sara, eng sodiq to‘rt yigiti uchun ham harom edi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Synonyms: sarxil
Comment: Eng yaxshilaridan terilgan, sara.
Example: Bogʻda esa sarxil mevalar pishib, bol tomib yotganmish. [H. Karimov, "Sanʼat sehri"]
Synonyms: xil
Comment: Biror narsaning navi, turi; zot, jins.
Example: Otdan tushsa ham egardan tushmaydigan xili esa, «meni izzat qilishga majburlar», deb yo‘nilmagan tayoqday o‘tiraveradi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Synonyms: mumtoz
Comment: 1. kt.Biror fazilati, yaxshi tomoni bilan boshqalardan ajralib turadigan, afzalliklarga ega boʻlgan; yetuk, sara. 2. Muayyan millat va jahon fani, sanʼati, adabiyotida muhim oʻrin tutadigan, millatning shon-shuhrati va faxri hisoblangan; klassik. 3. Mumtoz (erkaklar ismi).
Example: Zero, ushbu adabiy turning yuzaga kelishida o‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodining ta’siri bilan bir qatorda dunyo adabiyotining yetakchi dramatik an’analari ham katta ahamiyat kasb etdi. ["Erkin A'zam «Tanho qayiq» "]
Synonyms: poshshaxon
Comment: 1. Xotin-qizlarga murojaatda hurmat yoki erkalatishni bildiradi. 2. s. t.Eng yaxshi, sara.
Example: Elmurod ham yigitlarning poshshaxoni-da! Mayli, ikkovi qovushsin. [Shuhrat, "Shinelli yillar"]