
arang
Synonyms: zo`rg`a
Comment: Zoʻr-bazoʻr, bir amallab, arang.
Example: Bolalarning orasidan zoʻrgʻa qochib chiqdim [dedi Said]. [E. Raimov, "Ajab qishloq"]
Synonyms: zo`r-bazo`r
Comment: Zoʻrgʻa, bazoʻr, arang.
Example: Ota-qoʻzi yuragining tagidan dafʼatan vulqonday qaynab kelgan gʻazabni zoʻr-bazoʻr toʻxtatib qoldi. [O. Yoqubov, "Diyonat"]
Synonyms: o`lib-tirilib
Comment: Butun kuchni sarflab, astoydil harakat qilib, tirishib; tish-tirnogʻi bilan.
Example: Oʻlib-tirilib hisor zotini xillaganman, yuz yigirmatadan qoʻzi olganman. [P. Qodirov, "Qora koʻzlar"]