
allaqanday
Synonyms: allanechuk
Comment: Qandaydir noaniq bir tarzdagi, allaqanday.
Example: Hayallatib qo‘ymadimmi, — Qo‘ysangiz-chi, Qadimabonu! — dedi Oqibatxon, allanechuk sirli iljayib. ['Oqiljon G‘afurov «Ayol ori » 2013']
Synonyms: qandaydir
Comment: 1. soʻr. olm.Belgi, sifat, xususiyat haqidagi soʻroqni bildiradi; qanaqa?
2. Soʻroq gaplardan transformatsiyalangan gaplar tarkibida soʻroq anglatmay, faqat nisbiy belgini bildiradi.
3. Maxsus ohang yordamida belgi-darajani kuchaytirib ifodalaydi; naqadar.
4. Bogʻlovchi soʻz (nisbiy soʻz) vazifasida qoʻllanadi.
5. rvsh.Qay tarzda, qay yoʻsinda.
6. -ganda qoʻshimchasini olgan feʼllardan keyin kelib, berilgan savolga ijobiy javobni boʻrttirib, taʼkidlab ifodalaydi.
Example: Elchin taklif zamirida qandaydir qitmirlik yotganini fahmla-di-yu, qisqa fursatda o‘sha «qandaydir» nima ekanini anglay olmadi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Synonyms: g`alati
Comment: 1. Odatdagi, hammaga maʼlum boʻlganidan boshqacha; qiziq.
2. Nimaligi aniq boʻlmagan, anglab boʻlmaydigan; tayinsiz.
3. Oʻz tabiiy holatini oʻzgartgan, alla-nechuk bir holatli.
4. Juda qoyil; ajoyib.
Example: Soy ichi bilan ketishni ma'qul bilib pastga enayotgan edi, hali barg chiqarishga ulgurmagan yulg'unlar orasida do'mpa yib yotgan g'alati qor kurtugiga e'tibor qildi. ['Shukur Xolmirzayev «Omon ovchining o`limi» ']
Synonyms: bir xil
Comment: 1. Allanechuk, allaqanday.
2. ayn.Oʻxshash; baravar, teng.
Example: Bir xil boʻlib ketyapman, oyi. [A. Muxtor, "Opa-singillar"]
Antonyms: