
allanechuk
Synonyms: allaqanday
Comment: Qandaydir noaniq bir tarzdagi, allanechuk.
Example: O‘rtamizda tug‘ila boshlagan beg‘ubor do‘stlikni allaqanday begona hislar bilan almashtirib yubordingiz. ['Go‘zaloy Solih qizi «Siz o‘shami? » 2014']
Synonyms: qandaydir
Comment: 1. soʻr. olm.Belgi, sifat, xususiyat haqidagi soʻroqni bildiradi; qanaqa?
2. Soʻroq gaplardan transformatsiyalangan gaplar tarkibida soʻroq anglatmay, faqat nisbiy belgini bildiradi.
3. Maxsus ohang yordamida belgi-darajani kuchaytirib ifodalaydi; naqadar.
4. Bogʻlovchi soʻz (nisbiy soʻz) vazifasida qoʻllanadi.
5. rvsh.Qay tarzda, qay yoʻsinda.
6. -ganda qoʻshimchasini olgan feʼllardan keyin kelib, berilgan savolga ijobiy javobni boʻrttirib, taʼkidlab ifodalaydi.
Example: Ba’zan esa qandaydir ko‘rinmas bir kuch temirchining omburi bilan yuragini siqa boshlaydi. ['Tohir Malik «Shaytanat 1-kitob» 1989']
Synonyms: g`alati
Comment: 1. Odatdagi, hammaga maʼlum boʻlganidan boshqacha; qiziq.
2. Nimaligi aniq boʻlmagan, anglab boʻlmaydigan; tayinsiz.
3. Oʻz tabiiy holatini oʻzgartgan, alla-nechuk bir holatli.
4. Juda qoyil; ajoyib.
Example: Tungi g'alati voqeani aniq eslab, labining bir cheti bilan salgina ma'yu s jilmayib qo'ydi. ['Asqad Muxtor «Chinor» ']
Synonyms: bir xil
Comment: 1. (toʻgʻrisi bir xil) I Allanechuk, allaqanday.
2. ayn.Oʻxshash; baravar, teng.
Example: Tamaraning koʻngli birxil boʻlib ketdi, beixtiyor ayol tomonga qarab yurdi. [M. Muhamedov, "Qahramon izidan"]